Explanatory dictionary
salmoq
салмоқ
Meanings
- . Ogʻirlik, vazn, vazminlik, zalvor.
- Salmoq bilan 1) ogʻirligi, zalvori bilan.
- . Jamiyatda, koʻpchilik oʻrtasida erishilgan hurmat-eʼtibor; mavqe, nufuz.
- . Nisbiy vazn, hajm, qiymat, ahamiyat, egallangan oʻrin; mazmun.
Examples
- Soni bor, salmogʻi yoʻq. — Maqol.
- Agapov shoshilmaydi.. Yukning salmogʻiga qarab, soʻngra gapiradi. — I. Rahim — Ixlos.
- Qarshimda Yer sharin surati turar, Salmogʻi Quvaning anoricha bor. — A. Oripov.
- Choʻpon ota hayron boʻlib, qoʻlini orqasiga qilgancha, tik qotib turgan edi, keyin salmoq bilan yura boshladi. — Oydin — Hikoyalar. 2) asta, shoshmasdan, salmoqlanib, dona-dona qilib (gapirmoq)
- Keyin Hazrat yonida oʻtirgan oqsoq darvishga manodor qarab qoʻydi-da, asta tomoq qirib, salmoq bilan gapira boshladi. — K. Yashin — Hamza.
- Salmoqqa yarasha ish qilish kerak, Toki doʻst-oshnolar desinlar balli. — Gʻ. Gʻulom.
- Ogʻir sanoat mahsulotining salmogʻi tez oʻsib bormoqda.
- Adabiyotimizdagi hujjatga — hayotda bor faktlarga asoslanib yozilgan voqeiy asarlar katta salmoqqa ega. — N. Safarov — Jasoratning davomi.
- Badiiy tarjimaga eʼtibor kuchaymoqda, tarjima adabiyotining salmogʻi ham yil sayin oshib bormoqda. — Gʻ. Salomov — Tarjima nazariyasiga kirish.
Source: Wiktionary
Views: 0