Explanatory dictionary
salobatli
салобатли
Meanings
- Ulugʻvor koʻrinishga ega boʻlgan, viqorli; savlatli, mahobatli.
- Ogʻir, vazmin; oʻz vazminligi va sokinligi bilan taʼsir etuvchi; taʼsirchan.
Examples
- Salobatli kishi. Salobatli bino.
- Haqiqatan ham Gʻoyibning salobatli qiyofasi oldida Temirjon yosh boladay koʻrinardi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Ular Ahmadga qadrdon boʻlib ketgan salobatli va bahaybat argʻuvon daraxtiga yaqinlashdilar. — F. Musajonov — Himmat.
- Salobatli tun.
- Shundan keyin uyda salobatli tinchlik choʻkdi. — A. Muxtor — Opasingillar.
- Bosh muharrir oʻzining mayin, vazmin, shirali, salobatli ovozi bilan soʻz boshladi. — F. Musajonov — Himmat.
- Tashqarida bahor yomgʻiri salobatli shovullardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
Source: Wiktionary
Views: 0