Explanatory dictionary
sandal
сандал
Meanings
- Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va Yaponiyada maʼlum bir joyni isitish uchun moʻljallangan manqal; xonaning oʻrtasiga yoki chekkaroq yeriga chor-burchak chuqurchaga oʻrnatilgan, ustiga koʻrpa yopilib, atrofiga koʻrpachalar toʻshalgan xontaxtadan iborat boʻlib, ichiga saksovul yoki koʻmir choʻgʻi solinadi; tancha (qish sovugʻida sandalga oyoq-qoʻlni tiqib isiniladi, boshqa paytda ustiga dasturxon yozib, undan stol sifatida foydalaniladi).
- =Sandal II=
Examples
- Kelinchak xokandozda choʻgʻ keltirib, sandal chuqurchasiga soldi va ustiga yangi quroq koʻrpani yopdi. — Gazetadan.
- Bu uydagi sandal atrofiga shohi va atlas koʻrpachalar toʻshalgan, katta-katta parqu yostiqlar qoʻyilgan. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Undoq boʻlsa, olib kiringlar, sandalda isinsin, taom beringlar. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Etymology
[ arab. hind. + fors. — kursi, stol ]
Source: Wiktionary
Views: 0