Explanatory dictionary
sayramoq
сайрамоқ
Meanings
- Yoqimli ohangdor ovoz chiqarmoq, xonish qilmoq (qushlar haqida).
- Yoqimli, shirali ovozda qoʻshiq aytmoq.
- Yoqimli, jarangdor ovoz chiqarmoq (musiqa asbobi haqida).
- koʻchma salb. Tinmay gapirmoq, vay-samoq, javramoq. Joʻralari orasida "shirin suxan"lik bilan tanilgan Olimxon say-rayverdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Tez, shiddat bilan ovoz chiqar-moq (pulemyot, minomyot, avtomat va shu kabilar haqida)
- Koʻzni quvontirmoq. U
Examples
- Atrofiga ekkan toza shamshod gul, Har shoxi-da sayrab oʻtirar bulbul. — "Ravshan".
- Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi, Tol bargi achchiq ekan, Yurakka sanchiq ekan. — "Xalq durdonalari".
- Hovlidagi yongʻoqning tepa shoxiga qoʻnib olgan zargʻaldoq "biyov-biyov" deb sayrardi. — M. Mansurov — Yombi.
- Sozandalar joʻrida xushovoz xonanda bulbuldek sayrardi.
- Dutorimning tor-lari qoʻsh bulbuldek sayraydi. — "Qoʻshiqlar".
- -Juda sayrab yubordingiz, bekam! — dedi iljayib Zavrak, — sizni bir qadrdon singlim deb xurmat qilib gapirmoqchi boʻlgan edim. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Bir zumda pulemyopiar sayrab ketdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- [qizim] tikkan mahsilarni qoʻlingga ol-u, tomosha qil — sayraydi-da. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0