Explanatory dictionary
shaddod
шаддод
Meanings
- . Oʻz xohishi, hukmini oʻtkazadigan; shafqatsiz, zolim.
- . Oʻz fikrini oʻtkazishga tirishadigan; oʻjar, choʻrtkesar; oʻz fikrini qatʼiylik bilan, dadil aytadigan, tortinmas (asosan ayollar haqida).
Examples
- Bolalar baxtining yulduzlariga Zaharlar sochmoqchi qaysi jallodlar? Dunyoning ravshanlik kunduzlariga Zulmat quymoqchimi bebosh shaddodlar? — M. Shayxzoda.
- Ibrohim aka, gapingiz toʻgʻriku-ya, lekin Isfandiyor toʻrani shaddod deyishadi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Shaddod, gapini birovga bermaydigan, erkakshoda Asrora "zveno"ga boshliq boʻldi. — S. Ahmad — Ufq.
- Maynaning uddaburonligi.. [Ivan Vasilichni] hayratda qoldirdi: Shaddod qiz. Olamga tatiydi. — Sh. Toshmatov — Erk kushi.
Etymology
arab. – kuchli, qudratli; juda yomon (ogʻir); qiyin; zolim, qahrli
Source: Wiktionary
Views: 0