Explanatory dictionary
shamol
шамол
Meanings
- Havoning yer sathi boʻylab (gorizontal) harakati.
Examples
- Yoqimli shamol.
- Sovuq shamol.
- Qattiq shamol turdi.
- Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda koʻr. — Maqol
- Shamol boʻlmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. — Maqol
- Ochiq derazadan kirgan mayin shamol qizning.. ikki tola sochini boʻyniga, tomogʻining tagiga tegizib oʻynardi. — Said Ahmad — Bosh ogʻrigʻiKoʻkragiga shamol tegmoq - tang holatdan qutulib, erkin, yengil sharoitga chiqmoq, erkin nafas oladigan boʻlmoq.
- Sharoitlar yaxshilanib, oddiy xalqning ham koʻkragiga shamol tegdi.Shamolga uchmoq (yoki ketmoq) - behuda ketmoq, sarf boʻlmoq
- ..ozgina yanglishsangiz ham, hamma qilganlaringiz shamolga uchadir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Sultonali.. qilgan harakatlarining shamolga ketganini xotirladi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayonShamolga qarshi tupurmoq - oʻziga zarar, yomon oqibat keltiradigan ishni qilmoq.
- Bu bola xonning qamchisidan hayiq-madi.. muttasil shamolga qarshi tupuradi. — Sa’dulla Siyoyev — AvazShamolni ravo koʻrmaydi - nihoyatda ehtiyot qiladi; ardoqlaydi, e’zozlaydi.
- Otasi rahmatli, qariganimda koʻrgan bolam, deb shamolni ravo koʻrmagan bolasiga! — "Sharq yulduzi"Qanday (yoki qaysi) shamol uchirdi? - qanday sabab, nimaning sharofati bilan tashrif buyurdingiz, keldingiz?
- Darvozani Nuriddinning xotini Halovat ochdi: -E, keling, Nabijon aka, qanday shamol uchirdi? — O. Husanov — Doʻstlar
- E, qadamlariga hasanot.. qaysi shamol uchirdi?! — "Mushtum"
Etymology
Arabchadan - شمال - shimoliy shamol, sovuq shamol
Source: Wiktionary
Views: 0