Explanatory dictionary
sharaf
шараф
Meanings
- Faxrlanishga arziydigan narsa, yuksak qoniqish hissi; baxt, faxr, iftixor.
- Biror ijobiy xislat, xizmat yoki talant tufayli xalq orasida taratilgan dong; shuhrat, shon.
- Sharaf bilan Yuksak iftixor bilan, shon-sharafga arzirli tarzda.
- Sharaf (erkaklar ismi).
Examples
- Shod-lik bilan tugʻilib, sharafu obroʻ bilan oʻt-moq — inson uchun baxt. — Mirmuhsin — Meʼ-mor.
- Katta bilim dargohining talabasi boʻ-lishdek sharafga muyassar boʻldim. — Gazetadan.
- Turkiston musulmonlarining huquqlarini mudofaa eta biladigan toʻrt-besh arbobi siyosat yetishsa, biz uchun sharaf emasmi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Paxtakor qahramonlar-ga shon va sharaflar boʻlsin! shsh Yuksak oq oltin xirmoni bunyod etish uchun kurash — sharaf, obroʻ uchun kurashdir. — Gazetadan.
- Ab-durahmonning otasi ulamo naslidan, ammo bu sharaf nima sabab bilandir uning otasiga nasib boʻlmagan. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Xoʻjaligimiz dehqonlari oʻz zimmalariga olgan davlat topshirigʻini sharaf bilan ado etdilar. — "Uzbekistan qoʻriqlari". Sharafiga yoki shara-fi uchun Biror kimsa yoki narsaning hur-mati, eʼtibori hisobga olinib, shunga ba-gʻishlab, atab.
- Ushdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafingizga tantanali ziyofat berilur. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Bu yodgorlik Markaziy Fargʻonani oʻzlashtirgan-lar sharafiga Bektosh Rahimov tashabbusi bilan oʻrnatilgan. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
Etymology
\a. Ul— izzat, hurmat, faxr; asilzodalik, yuqori martaba; yuksak oʻrin
Source: Wiktionary
Views: 0