Explanatory dictionary
shart
шарт
Meanings
- Biror ish yoki masala yuza-sidan yozma yoki ogʻzaki oʻzaro kelishib olish, oʻzaro kelishuv.
- Oʻzaro shartlashayotgan yoki biror muno-sabatda boʻlayotgan tomonlardan birining boshqa tomonga nisbatan qoʻygan talabi.
- Taqozo etuvchi narsa; talab.
- kesim vazifasida. Qatiy talab etuvchi; zarur.
- Shart mayli tlsh. Biror ish-harakatning bajarilishi uchun shart boʻlgan boshqa ish-harakat yoki holatni anglatuvchi feʼl shak-li va shu shaklga mos maʼno. Shart ergash ran psh. Bosh gapdan anglashilgan voqea-hodisa, belgi-xususiyatning roʻy berish shar-tini anglatuvchi ergash ran. Ehtiyot(i) shart Har ehtimolga qarshi.
Examples
- Shuning uchun Yoʻlchining il-timosiga darrov koʻnib, shart boʻyicha, Sho-qosimga ovqat, yotish uchun juvozxona oldidan bir hujra berdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bir-birimizdan sir saqlamaymiz. Xoʻpmi? Shart shu. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Pekin shart — bizga astoydil, ixlos bilan xizmat qilasiz.. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Pudrat usulining shartlariga muvofiq, bu mablagʻning ancha qismi pudrat asosida ish-layotgasharga taqsimlab beriladi. — Gazetadan.
- Qiz, "Poygada yutib chiqqan odamga tegaman", deb shart qoʻyibdi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi. ..ertaga shaharga tush, nima shar-ting boʻlsa, oʻsha yerda gapir. Oybek, Tanlangan asarlar.
- -Mada-niyatli boʻlishning eng birinchi sharti — soddalik, tabiiylik, — deb yubordim. F. Musajonov, Mehmonda. Hozirjavoblik —
- askiyaning asosiy shartidir. — "OʻTA".
- Sanʼat turlarining uygʻunlashuvi uchun umumiy uslu-biy xususiyatlarning mavjudligi zaruriy shart hisoblanadi. — "Saodat".
- Bugun kelishingiz shart. yaya Bu jang uzoqqa bormaydi. Lekin Xuroson qoʻshini shay boʻ-lib turmogʻi shart! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Bolaga oila ham, maktab ham baravar tar-biya berishi shart. — Gazetadan.
- Shuning uchun uchrash-gandayam uyda, mana shunaqa pana-pastqam yerlarda uchrashsak, ehtiyot shart deydilar-ku, axir! — S. Karomatov — Hijron.
Source: Wiktionary
Views: 0