Explanatory dictionary
sifat
сифат
Meanings
- fls. Narsa, voqea, hodisa va shu kabilarni ularning oʻziga xos belgi va ichki xususiyatlariga koʻra ifodalovchi falsafiy tushuncha.
- Narsaning, kimsaning ijobiy yoki salbiy xususiyati, fazilati, xislati.
- Molning, mahsulotning yoki ishning yaroqlilik darajasi, qoʻyilgan talablarga qanchalik javob bera olishini belgilovchi xususiyati.
- Qoʻshma soʻz tarkibida "oʻxshash", "-simon" kabi maʼnolarni bildiradi, maye.,
- tlsh. Predmetning belgisini bildi-ruvchi soʻzlar turkumi.
- Sifatida Vazifasida, oʻrnida, =dek.
Examples
- Miqdorning sifatga aylanishi.
- Inson sifatshri ichida kamtarlik eng yaxshi fa-zilatdir. — Gazetadan.
- Navoiy Husayn Boyka-roda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini koʻrdi. — Oybek — Navoiy.
- [Domla oʻz-oʻziga:] ..Hurmatli kitoblarda aytadilar: "Sabrlilik — xudoning oyati, sabrsizlik — shay-tonning sifati". Shularga amal kilib, bir oz sabr ko-lmok kerak. — Hamza — Tanlangan asarlar.
- Mahsulotning sifatini yaxshi-lamok■ Ishning sifatini oshirmok■ yat Non-ning sifati uning namligi.. va gʻovakligi kabi xossalar bilan belgilanadi. — Gʻ. Mahka-mov — Dasturxonimiz fayzi.
- Fabrikamizda ilgʻorlar juda koʻp, ular ham mahsulot koʻla-mi uchun, ham sifati uchun kurashadilar. — Gazetadan.
- devsifat, odamsifat, ulugʻsifat.
- Nisbiy sifat. Tub sifat. Sifat darajalari.
- Bir adib sifatida aytishim mumkinki, bunday fazilatga erishish oson emas. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Men telepatiyaga ishonaman. Gʻarbda telepatiya maxsus fan sohasi sifatida oʻrganilayotgan emish.. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Etymology
a. — xossa, xususiyat, xislat, xarakter
Source: Wiktionary
Views: 0