Explanatory dictionary
silliq
силлиқ
Meanings
- Tekis, tep-tekis, gʻadir-bu-dursiz.
- Sirpanchiq, sirgʻanchiq, oynadek.
- Bejirim, tekis, jiloli.
- koʻchma s. t. Qad-qomati kelishgan, bejirim, chiroyli.
- Kamchiliksiz, ravon (til, uslub, nutq va shu kabilar haqida).
- Kishiga yoqadigan, qattiqtegmaydigan, yumshoq.
- Muammosiz; koʻngildagidek, toʻsiqsiz; bekam-koʻst; bejanjal.
- Silliq koʻchmoq Betoʻsiq, qarshiliksiz, bejanjal bajarilmoq, yechimini topmoq (biror xatgi-harakat haqida).
- Tovushsiz; sezdirmasdan.
- maxs. Bir tekisda, bir maromda, ravon, shovqinsiz.
- Suvdan silliq chiqmoq Biror janjalli yoki jinoiy ishdan beayb tarzda, javobgar-liksiz qutulmoq. U tashvishdan, toʻgʻrirogʻi, javobgarlikdan oʻzini xoli qilish maqsadi-da tanqid qilingan va qilinmagan choyxona-larning deyarli hammasini berkitishni.. lozim topdi. Moʻminov goʻyo bu bilan suvdan cwi-liq chiqmoqchi boʻldi. Gazetadan.
Examples
- Tosh shu qadar silliqki, goʻyo haykal-tarosh xoʻp hafsala bilan yoʻngan-u, koʻta-rolmay taiiab ketgan deysiz! — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Sherali Ogʻajonga qoʻl uzatib koʻrisharkan, uning xotinlarnikidek silliq yuziga.. qarab, eshitshgar-eshitilmas "gʻoyat mamnunman", deb qoʻydi odob yuzasidan. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Sil-liq muz. yash [Bektemir) Nam, silliq qiya-likdan sirpanib, yana suvga "shalop" etib tushdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- [Joʻraxon-ning] Durrasi silliq sochlaridan sidirilib, pastga tushdi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Sirti silliq juvon. shya Durust, silliqqina yigit ekan, deb oʻyladi u yuragi tirnalib. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Olimxon zamonasiga muvofiq, oliftanamo, yoshiga nisbatan chiroyli, silliq kishi edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Silliq uslub. Simiq gapirmoq. Silliq nutq. tya Pochchayevning toʻgʻ-ri, silliq gaplari uzoqdan dona-dona yangrab eshitilardi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
- Silliq muomaza. n
- [Sobir aka:] Silliqqina qilib javob berdim. Sen nima deysan, ayasi?0. — Yoqubov — Pyesalar.
- Ammo oldindan tuzil-gan rejatr hamisha ham silliqqina amagga oshavermaydi. — S. Karomatov — Oltin qum. Bu uchinchi xotinimdan ham xamirdan qil sugʻur-gandek — sshʼshqqina qutulmoqchi edim, birok otim ishning pachavasini chiqarib qoʻydi. "Mushtum".
- Ishning silliq koʻchayotganidan boshi koʻkka yetgan Vafo attor: "Xoʻsh, xoʻsh, bajonidshg, bajonidil", deya u bilan uzoq xayrlashdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Dshmardon mu-shukday silliqqina kirib kelganini va sinf jurnalini almashtirayotganini hech kim sezmay qoldi. — Gazetadan.
- Toʻgʻri, ishni qoyil qilasan, mashi-nalar doim silliq aylanadi. — F. Musajonov — Kamtarin ishchi.
Source: Wiktionary
Views: 0