Explanatory dictionary
sintez
синтез
Meanings
- Predmet va hodisalarni bir butun holda, ularni tashkil etuvchi qismlarning birligi va oʻzaro bogʻlanishida oʻrganadigan ilmiy-tadqiqot usuli; zid. analiz.
- kim. Bir xil kimyoviy birikmalardan boshqa birikmalarni yoki sodda element-lardan murakkab birikmalarni hosil qi-lish; shunday birikmalarning hosil boʻ-lishi.
- Sintez (yunon. sintezis - biriktirish demakdir) - kimyoviy reaksiya yo’li bilan ancha oddiy moddalardan murakkab moddalarni olish.
- assimetrik sintez - molekulada xiralli fragmentni vujudga keltiruvchi sintez, bunda har xil miqdorda enantiomerlar hosil boiadi.
- mikrobiologik sintez - mikroorganizmlar yordamida yoki fermentlar ta'sirida kimyoviy birikmalar ta'siri.
- neftekimyoviy sintez - neft fraksiyalari tabiiy gaz va neftni qayta ishlash gazlari asosida ko'p miqdorda organikaviy va noorganikaviy mahsulotlar ishlab chiqarish.
- organikaviy sintez - organikaviy birikmalar olishning uslublari va jarayonlari yig'indisidir.
- Sintez gaz - metandan olinadigan CO+2H2 aralashmasi bo’lib, u metanol, sirka kislota, sintetik kauchuk, sintetik benzin va juda ko'p qimmatbaho mahsulotlar olishda dastlabki xom ashyo hisoblanadi. Bularni olish uchun dastlab metan sintez gaz (CO+2H2) ga aylantiriladi: CH4+H2O→t, katalizatorCO+3H2; CH4+CO2→t, kat2CO+2H2.
Examples
- Sintez usuli bilan faqatgina tabiiy fanlarning emas, balki texnik va ijtimoiy fanlarning integratsiyalashuvi natijasida kibernetika, bionika, semiotika, tizimlar nazariyasi yaratildi. — "Falsafa".
- Sanoatning yirik tarmoqlari, jum-ladan, boʻyagichlar, plastmassalar, sintetik kauchuklar va boshqalarni ishlab chiqarish organik sintez asosida rivojlandi. — "OʻzME".
- Hujayra hayotida oqsil sintezi asosiy ja-rayon hisoblanadi. — "Fan va turmush".
Etymology
yun. synthesis — birikish, qoʻ-shilish; biriktirish, qoʻshish
Source: Wiktionary
Views: 0