Explanatory dictionary
sipoh
сипоҳ
Meanings
- . Podshoh, xon, amir saroyida uzoq, xizmat qilgan lavozimli kishi; amaldor.
- . Jangchi, askar.
- . Shaxmat oʻyinida: piyodadan katta donalar (fil, ot, rux, farzin).
- . sipo.
Examples
- Sipohning oshnasi boʻlmas. — Maqol.
- Eshikni qiya ochib, notanish kishilarga sovuq nazar tashlagan, yuzlari goʻshtdor uy egasi sipohlarga xos purviqorlik bilan "Xizmat?" degandek qaradi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Dehqon boʻlsang – qoshida boʻl, sipoh boʻlsang – boshida boʻl. — Maqol.
- Qilichi sinib, qalqoni teshilgan sipohlardek, ona-bola kitob-daftarlarni koʻtarib, bogʻ darvozasi tomon yurisha boshladi. — Mirmuhsin — Umid.
- Muhammad Rahimxon yoʻl yonida saf tortgan sipohlarga qarab bosh chayqadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bir piyodaga bir sipohni qurbon bermoq.
- Qachondan beri sipoh boʻlib qolding? – taʼna qildi boshyalang. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Shernazarboy hammadan sipoh koʻringan edi. — J. Sharipov — Xorazm.
Etymology
fors. – harbiy birlashma; qoʻshin, armiya
Source: Wiktionary
Views: 0