Explanatory dictionary
sirka
сирка
Meanings
- Sirka kislotaning suvdagi eritmasi — mevalarni konservalashda, ovqatga qoʻshiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan oʻtkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlik (uy sharoitida uzum, olma va sh.k. shirin mevalarning sharbatidan ham maxsus usulda tayyorlanadi).
- Sirkasi suv koʻtarmaydigan (odam) Gap koʻtarmaydigan, taʼbi nozik odam.
Examples
- Uzum sirkasi. Ovqatga sirka solmoq. n
- Ovqatga murch, piyoz, sirka kabilarni.. qoʻshish, limon suvi yoki nordonroq dorilar berish ishtaha paydo qilishi mumkin. — N. Ismoilov — Kasallarni parvarish qilish.
- Toʻlagan engashib, dasturxonning bir chetiga soqolini artdi, don tiqilgan tovuqday boʻynini choʻzib kekirdi, sirka ichkanday aftini burushtirib: -Juda toʻydim.. Azbaroyi xudo!.. — A. Qahhor — Tanlangan asarlar.
- Majlisda unga: -Sen bola, chuchvarani xom sanab yuribsan. Shoshma hali, joʻjani kuzda sanaymiz. Bu qanaqasi, sirkang suv koʻtarmaydigan boʻlib qopti, — deyishdi. — S. Ahmad — Saylanma. Haqiqatda, [
- Ismoil ota] sirkasi suv koʻtarmaydigan odam. — U. Nazarov — Ismoil tajang.
Source: Wiktionary
Views: 0