Explanatory dictionary
sirt
сирт
Meanings
- . Narsalarning tashqi tomoni, tashqi yuzi.
- . Narsa yoki kimsaning tashqi qiyofasi, koʻrinishi; zohiriy tomoni.
- . Tashqari, chet.
- . Geometrik shaklning tashqi yuzi, umumiy qismi.
- . Tizma togʻ choʻqqilari.
- Sirtdan 1) tashqi tomondan, tashqi koʻrinishidan.
- Sirtdan qaraganda Bir qarashda shunchaki yoʻliga, yuzaki qaraganda.
- Sirtdan oʻqish Oʻquv yurtiga qatnamay, mustaqil shugʻullanib oʻqish (yana sirtqi).
- Sirtiga suv yuqtirmaslik Sira oʻziga olmaslik, parvo qilmaslik.
Examples
- Yer sirti. Oy sirti. Sirti koʻk idish.
- Bu choynakning sirti ajoyib naqshlar bilan bezatilgan ekan. — "Oltin olma".
- Kun tigʻ tortib, daryoning u tomonidagi adirlarning sirti toʻq yashil, jilgʻalari qora tusga kirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq. — Maqol.
- Siringni sirtingga chiqarma. — Maqol.
- Demak, u sirtdan husnga qanchalik boy boʻlsa, maʼnaviy jihatdan ham shuncha boy ekan-ku! — K. Yashin — Hamza.
- Bular sirtdan magʻrurdek koʻrinadilar. Biroq bu magʻrurlikka kirmaydi, buni kibr deyiladi. — Shukrullo — Saylanma.
- Dushmanning sirtida emas, ichida boʻl. — Maqol.
- Sinalmagan otning sirtidan oʻtma. — Maqol.
- Zumrad hanuz sirtda iymanib turardi. — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Men qoʻl qoʻyib, muhr bosar edim-u, lekin sirtdan turib sizlarga yordam berganim maqbul. — J. Sharipov — Xorazm.
- Yoʻq, shoir hissini boʻlmaydi aldab, Sirtdan baho berib boʻlmas kishiga. — Shukrullo — Saylanma.
- Shar sirti. Silindrning yon sirti. Botiq sirt. Uyurma sirt.
- Fanda sirtning xususiyatlarini oʻrganuvchi butun boshli yoʻnalishlar mavjud. — "Fan va turmush".
- Agar mana shu Muzloq togʻning choʻkkalagan nor tuyaning oʻrkachiga oʻxshagan sirtiga chiqilsa, kishining koʻzi oldida bir-biriga zid ikki dunyo ochiladi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Qiz sirtdan koʻrimsizroq boʻlsada, koʻzlarida qandaydir sehr bordek edi. — "Yoshlik". — 2) shunchaki yoʻliga.
- Kapsanchilar sirtdan murosaga kelgan boʻlib, zimmalariga tushgan vazifalarni mumkin qadar tezroq bajarishga soʻz berib tarqalishdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. 3) gʻoyibona, chetdan.
- Sizni sirtdan tanirdim, siz toʻgʻringizda koʻp eshitganman. — K. Yashin — Hamza 4) zimdan; yashirincha.
- Sirtdan gapirib yurmoq. Sirtdan ish bitirmoq.
- Eson bobo sirtdan qaraganda beparvodek koʻrinsada, miltiqni oʻgʻli olmaganini aniq bilgach, yuragiga gʻulu tushdi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Toshtemir sirtdan oʻqib, pedagogika institutini tugallab, diplom olishni orzu qilar edi. — Gazetadan.
- Mirkomil aka gʻala-gʻulaga aziyat chekadiganlardan emas. Sirtiga suv yuqtirmaydi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Mol olasi sirtida, odam olasi ichida. — Maqol..
Source: Wiktionary
Views: 0