Explanatory dictionary
siymo
сиймо
Meanings
- . Shaxs, zot.
- . Qiyofa, koʻrinish; chehra, yuz.
- . Biror shaxs obrazi.
Examples
- Ulugʻsiymo.
- [Qosimbek:] Movarounnahrdagi temuriylar orasida eng sohibisteʼdod, sohibqudrat siymo – Bobur mirzodirlar. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Shoir va akademik Gʻafur Gʻulom sheʼriyatda oʻziga xos, misli yoʻq siymolardan biridir. — "Saodat". —
- Ulugʻvor siymo. Goʻzal siymo.
- Bizga gʻoyat aziz, gʻoyat moʻtabar shifokorning iliq siymosi. — E. Vohidov.
- Uning [qizning] siymosida men hayot goʻzalligini koʻrdim. Tabiat bunyod etgan noyob gul edi u, — dedi Samar. — M. Qoriyev — Oydin kechalar.
- Qunduzxon bundan ikki yil avval yoʻqotgan onasining mehribon, munis siymosini qidiradi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Oʻychan misralarda tarjimon Margaritaning iztirob toʻla siymosini ustalik bilan tasvirlaydi. — "OʻTA".
Etymology
arab. – yuz, chehra; belgi, alomat, qiyofa
Source: Wiktionary
Views: 0