Explanatory dictionary
siyna
сийна
Meanings
- \f. ... — koʻkrak, koʻks; koʻkrak
- qafasi; qalb, dil] kt. poet. 1 Koʻkrak, koʻks.
- Dil, qalb, yurak.
- Quchoq, bagʻir; ogʻush.
Examples
- Eslaganda, qizning siynasi Chuqur bir oh bilan qoʻzgʻalur. \. — Olimjon.
- Mirqosimning qoʻlidagi chaqaloq birdan yigʻlab yubordi. Laʼli uni qoʻliga olib, bagʻriga bosdi-da, lorsillab turgan oppoq siynasini tutdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Xanjarning tigʻi uning [Shahzoda-xonning] siynasini bir necha bor yalaboʻtdi. — K. Yashin — Hamza.
- Bulbul uchib, qoʻnar zogʻlar, Siynam toʻla alam-dogʻlar. — "Erali va Sherali".
- Necha vaqtlar qoʻlim bogʻli, Bandi boʻlib, siynam dogʻli. — "Yusuf va Ahmad".
- Buloq ona Yer siynasidan Sheʼr singari qaynab oqadi. — E. Vohidov.
- Sening uchun ochiqdir keng jahonning siynasi. — Gʻ. Gʻulom.
Source: Wiktionary
Views: 0