Explanatory dictionary
siyqa
сийқа
Meanings
- Ishqalanaverib, surtilaverib sayqal topgan yoki yedirilib tep-tekis bulgan, sip-silliq.
- Siyqa bosh; 1) sochlari toʻkilib ketgan, kal bosh; 2) kal odam.
- Koʻp qoʻllangan, ishlatilaverib koʻngilga urgan, meʼdaga tekkan (gap, soʻz, ibora va sh. k.)
- Siyqasi chiqqan; Siyqalanib ketgan, koʻp chaynalgan, (ishlatilaverib) koʻngilga urgan, eskirgan.
- Gʻoya, mazmun va badiiylik jihatidan yuzaki, sayoz.
Examples
- Siyqa tosh. Siyqa chaqa.
- Bu kun ham quyosh, xuddi sovqotayotgandek, osmonda bir muddat siyqa tanga kabi xira yaltirab, koʻzdan yoʻqoldi. — X. Sultonov — Bir oqshom ertagi.
- Birovlar savdo-sotiq yoki xarj bilan ovora boʻlsa, birovlar choʻntaklarida siyqa chaqasi yoʻq, bozor rastalarida garang sudraladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Siyqa gap.
- Podshohning amri vojib, — dedi alloma, siyqa, eski gapni ishlatishga majbur boʻlib. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- ..ular [ishni orqaga sudrov-chilar] uyalmay-netmay.. siyqasi chiqib ketgan "bajaramiz"larini takror-takror aytishadi. — N. Safarov — Uzoqni koʻzlagan qiz.
- Siyqa fikr. Siyqa asar.
- Sotiboldiyevning bahslashishi ham allanechuk siyqa, bachkana edi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
Source: Wiktionary
Views: 0