Explanatory dictionary
suzmoq
сузмоқ
Meanings
- I 1 Suzgich yoki boshqa biror narsa orqali oʻtkazib, mexanik aralashma-lardan tozalamoq.
- Suyuq narsalarning kerakli qismini ajratib olmoq.
- Tayyor ovqat yoki ichimlikni yeyiladi-gan yoki ichiladigan idishlarga taqsimlab solmoq.
- Kartalarni oʻynovchilarga boʻlib ber-moq.
- Koʻz suzmoq Noz-ishva bilan qaramoq, koʻzlarini yarim yummoq.
Examples
- Benzinni mashina bakiga suzib solmoq.
- Sirka suzmoq. Suzib sut-ning qaymogʻini olmoq. n
- U kishi [boy] shoʻr-vani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, goʻshtini yeydi, menga taqir suyak, bir kosa jirsiz suv keltiradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- gsh Palov suzilib, Nusratbek ikki laganni keltirganda, yigitlar Sohib aka-ning yelkasiga turtishdi. S. — Nurov — Narvoy.
- Maxsumov hammaga shoʻrva suzdi. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Bir siqimgina osh qilib, suzib olishga hayron boʻliboʻtirgan edim. — S. Ahmad — Ufq.
- Karta suzmoq.
- Gʻunajin koʻzini suzmasa, buqa ipini uzmaydi. — Maqol. n
- Yoshi qirqlarga borib qolgan boʻlsa ham, ikki beti qip-qizil.. joriya boʻsh xaltani noibning qoʻlidan olarkan, qop-qora koʻzlarini alla-nechuk suzib, gʻamzali bir ohangda: -Bizga-chi, begim? — deb soʻradi. — X. Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar.
Source: Wiktionary
Views: 0