Explanatory dictionary
tafakkur
тафаккур
Meanings
- . Obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol inʼikos jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati; fikrlash.
- . Oʻylash, fikr yuritish, muhokama; oʻy.
Examples
- Til tafakkur bilan bevosita bogʻliqdir.
- Insoniyat yuksak xayolot va tafakkur kuchi bilan yaratgan barcha maʼnaviy-badiiy boyliklar orasida ogʻzaki ijod namunalari alohida ajralib turadi. — "Fan va turmush".
- Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal. — Oybek — Navoiy.
- Ki har ishniki qildi odamizot, Tafakkur birla bildi odamizot. — Alisher Navoiy.
- Oraga uzoq, vazmin xomushlik tushdi. Malika bir nuqtaga tikilib, tafakkurga choʻkdi. — T. Jalolov — Oltin qafas.
Etymology
arab. تَفَكُّر — fikr yuritish, oʻylash, fikrlash
Source: Wiktionary
Views: 0