Explanatory dictionary
tahsil
таҳсил
Meanings
- [a. —'■ — ega boʻlish, egal-
- lash; yigʻish, toʻplash; hosil qilish, oʻrga-nish (ilmni)] 1 Oʻqish, bilim olish.
- Oʻqish mavsumi, dars-mashgʻulotlar dav-ri.
- Tahsil qilmoq (yoki etmoq) Mutolaa qil-moq, mustaqil ravishda oʻqimoq, oʻrganmoq; bilim olmoq.
- Bilim, maʼlumot.
- Tahsil olmoq (yoki koʻrmoq, topmoq) Maʼlum oʻquv yurtida yoki biror mutaxassis rahbarligida oʻqimoq, bilim, maʼlumot ol-moq.
Examples
- [Abdi-shukur] Tahsilini nala qoldirib, madrasadan chiqdi. Tahsil uchun Istambul yoki Misrga joʻnash orzusi mablagʻ yoʻqligidan amalga oshmadi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Ammo
- madrasalarda dunyoviy ilmlardan tahsil bermasak, xarob boʻlgʻaymiz. — S. Siyoyev — Avaz.
- Tahsil boshlanishi bilan har bir toʻda mullavachchalar patnis yasab.. domlalarning oldiga olib kirar.. edilar. — M. Muhammad-jonov — Turmush urinishlari.
- Iskandaro bir necha yil mak-tabda qurʼon tahsil qilib, oʻqish-yozishni oʻrgangandan soʻng, uyda qolgan. — Oybek — Nur qidirib.
- Siz ibtidoiy vaoʻr-ta tahsilni tamom qilgansiz. — A. Qahhor — Sarob.
- Shuncha tahsil va tarbiya bergan-laringiz uchun rahmat. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Pekin Madrasa tahsili ularni qoniqtirmasdi. Shuning uchun ular "Taraq-qiyot", "Xurshid".. hamda "Vaqt" singari gazeta va jurnallarni yarim tunda.. mutolaa qilishga kirishar edilar. — K. Yashin — Hamza.
- Husaynbek afandi asli xorazmlik boy-lardan boʻlib, Turkiyada tahsil olgan.. edi. — J. Sharipov — Xorazm. Gʻiyosiddin Buxoroning Devonbegi madrasasida tahsshg koʻrib yurgan paytlarida otasi uni oq qshgadi. S. Ahmad, Hukm.
- Hakimxon Vodiliy avval Buxoro, keyin Samarqandda tahsil topgan mullo odam ekan. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Source: Wiktionary
Views: 0