Explanatory dictionary
tajang
тажанг
Meanings
- Kayfi buzuq, jahli (asabi) qoʻzigan holatli.
- Tajang boʻlmoq Asabi qoʻzgʻab jahllanmoq, oʻta kayfi buzilmoq, tajangligi tutmoq.
- Bekorga jahli chiqaveradigan, jigʻibiyron boʻlaveradigan; jahli, achchigʻi tez.
- Shunday belgi-xususiyatga ega boʻlgan shaxs ismiga qoʻshib aytiladigan (ishlatiladigan) soʻz, laqab. Nurilla Narvoniy "bir ichak uzdi" qilish uchun eshigiga "Hasratxon" deb yozilgan nimqorongʻi xonaga Eshpoʻlat ta-jangni olib kiribdi. "Mushtum".
Examples
- Yuzlari loʻppigina, ser-gʻayrat, tajang xotinga qarab turib, Nus-ratbek onasini esladi. — S. Nurov — Narvoy.
- ..har safar qaytishda xunob boʻlar, soʻkinar va Ahmadjonni ham tajang gumon qilib, unga tasalli berar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
- Rais Rixsivoy akadan ahvolni bilgach, yana tajang boʻldi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Bugun Botiralining uyidagi jonla-nishdan tajang boʻlib oʻtirgan maxdum bo-billlab berdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Tajang odam, n
- Aka-uka usta qoʻlida uch yil ishlashdi — tezroq va tajang Abutolib uch yil deganda usta Najmiddin Buxoriyning roziligini olmay, oʻz hovlisida xumdon qurib, koshinu idish yasay boshladi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Zohir shayx.. ogʻasi kabi arzimagan narsaga lovullab ketadigan tajang, jahldor emas.. — S. Siyoyev — Avaz.
Source: Wiktionary
Views: 0