Explanatory dictionary
talab
талаб
Meanings
- [a. — izlash, qidirish
- soʻrash, istash; xohish] 1 Katʼiyat bilan qi-lingan soʻrov, iltimos.
- Bajarilishi, boʻlishi shart va taqozo etiladigan narsa (narsalar).
- Ehtiyoj, istak.
- iqt. Xaridor, isteʼmolchining bozor-da muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi.
- Talabgor, xohlovchi.
- sft. Otlarga birikib, oʻsha otdan ang-lashilgan narsani istaydigan, unga muhtoj, talabgor maʼnosini bildiradi (Bunday birikmalarning aksariyati qoʻshma soʻzga aylangan).
- Talab qilmoq (yoki etmoq) 1) qatiy tarz-da xohish-istak, talab bildirmoq; soʻra-moq.
Examples
- Pekin nima qilsin, rahbarning buyrugʻi, talabi. — H. Shame — Dushman.
- Zamira koʻpchilikning talabi bilan oʻrnidan turar ekan, qizil atlas kuylagining rangi yuziga urganday, qip-qizarib ketdi. — P. Kodirov — Uch ildiz.
- Oliyoʻquv yur-tiga kirish talablari. Standart talab-lariga javob bermoq. n
- Biroq jangning eng masʼuliyatli paytida ustav talabini ba-jarish imkoni boʻlmadi. — I. Rahim — Chin mu-habbat.
- Mantiq talabi shu erur, shohim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Uning talabi katta. Madaniy mollarga talab kuchaymoqda. n
- Hozircha u bu hujjat bilan mamlakat talabini qondirishga — maorif frontiga bo-radi.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan teiab yigʻindisi bozor talabi deyiladi. — "OʻzME".
- Talabbormi?U bilan kurashishga talab chiqmadi. shsh Kulich kelib yalab-yalab, Ikki yov urushga talab. — "Shirin bilan Shakar".
- Suv talab ekinlar. Izoh talab ibora. Chopiq talab gʻoʻzalar. m
- Oʻktamning qovjiroq lablari choytalab edi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Chunonchi, Atomish, Manas —umr boʻyi tirnoq koʻrmay, farzand talab boʻlib yurgan chol va kampirning oʻgʻillari. — Gʻ. Salo-mov — Tarjima nazariyasiga kirish.
- ..kekirikka ham pora talab qiladigan nafei nahanglarning kupi bitdi. — "Mushtum".
- ..Zamiraning qotillariga oʻlim jazosi be-rilshiini talab qilaman!S. — Zunnunova — Gul-xan; 2) taqozo etmoq, shart qilib qoʻymoq.
- Shayboniyxon bugun qoʻllamoqchi boʻlgan usul yashin tezligida harakatlanishni talab qiladi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Xalq hayotini gʻoyatda teran tasvirlay bilish muallifdan katta isteʼdod talab etadi. Gazetadan; 3) talabgar boʻlmoq, istamoq.
- Suyangan farzandim, sen Yodgorjonim, Bolam, talab qilma Aymoq yurtiga. — "Yodgor".
Source: Wiktionary
Views: 0