Explanatory dictionary
talamoq
таламоқ
Meanings
- Zoʻrlik bilan yopirilib tortib olmoq, olib qoʻymoq.
- Talashib-tortishib xarid qilmoq.
- Koʻp boʻlib, birgalashib tashlanmoq, yopishmoq.
- Kishi yoki narsaga davomli (takror-takror) hujum qilmoq, shu tarzda yulib-yulqimoq.
- koʻchma s. t. Qattiq urishib bermoq, yulib-yulqib yopishmoq.
- koʻchma s. t. Tatalamoq, tirnamoq, gʻash qilmoq.
- Ichini it (yoki ari) talamoq Oʻta betinch boʻlmoq, bezovtalanmoq.
Examples
- Qoʻqonni talab, bizning ustimizga qoʻshin tortib kelayotgan.. Sulton Ahmad mirzo esa bizning podshomiz bashn bir otadan boʻlgan ogʻa-inilar. — P. Qo-dirov — Yulduzli tunlar.
- Yangi kitobni birpasda talab ketishdi.
- Arilar talamoq. m
- Bolalar bara-variga Rahimni talay boshlashdi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Huv anavi yalanglikka qaranglar!.. Unda odamzod suyagi yotibdi. Bechorani qashqir talagan boʻlsa kerak. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Kichkina bir qizcha-dan dakki yegan ayol Ergashoyni talab berdi. — N. Safarov — Oliyaxon Sultonova.
- [Alisherning] Koʻnglini shubha, gʻazab, pushaymon hislari talar edi. — M. Osim — Zul-mat ichra nur.
- Hamma oʻz ishi bilan band. Birgina Nizomjonninggina ichini ari talayapti. — S. Ahmad — Ufq.
Source: Wiktionary
Views: 0