Explanatory dictionary
tana
тана
Meanings
- ayn. tan 1—4.
- Jonivorlarning jismi, jussasi.
- Daraxtning, oʻsimlikning tag, poya qis-mi.
- Turli asbob, mashina va shu kabilarning boʻlaklarini tutib turuvchi qismi.
- Tanangga oʻylab koʻr (yoki qara) Yaxshilab oʻylab, muhokama, mulohaza qilib koʻr.
Examples
- Erta koʻklam boʻlgani uchun, bahor quyoshi tanalarga yogʻday yoqadi. — E. Rai-mov — Ajab qishloq.
- Bir qilich zarbi bilan boshini tanasidan judo qildi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Shundan keyin bir oz tana-si yayrab, tarang tortilgan asablari boʻ-shashib, "Xayriyat!" deb qoʻydi. — K. Yashin — Hamza.
- Chopib bordim qoshiga, Sulayib yo'tar tanasi, Olti gaz nari joyda Vafodorim kallasi. — "Oysuluv".
- Ilonning qanday suv ichishini kamdan-kam koʻrish mumkin. U tanasini goh shishirib, goh puchaytirib, ogʻir nafas olardi. — "Fan va turmush".
- Hovuzning toʻrt tomonida yoʻgʻon-yoʻgʻon qayragʻochlar, tana/gari qulochga sigʻmaydi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Kranning tanasi.
- Jah-limdan tushganimdan keyin shunday tanamga oʻylab qarasam, bechora oʻrtogʻimdan unchalik qattiq gina qilishning hojati yoʻq ekan. — A. Qahhor — Xotinlar.
Source: Wiktionary
Views: 0