Explanatory dictionary
tanbeh
танбеҳ
Meanings
- . Nojoʻya xatti-harakat uchun berilgan taʼzir, koyish, ogohlantirish yoki jazo.
- Tanbeh bermoq Koyish, oʻgit tarzidagi gap-soʻz aytmoq.
- Tanbeh yemoq tanbeh olmoq.
- Tanbeh olmoq 1) tanbehli gap-soʻz eshitmoq; 2) ish-xizmatda ogʻzaki yoki yozma tarzda rasmiy jazo olmoq.
- Tanbehini bermoq Jazo boʻladigan ish yoki gap-soʻz qilmoq; jazosini (jazzasini) bermoq.
- Tanbehini yemoq Adabini, taʼzirini yemoq.
- . Kamchilik, xato kabilarni qayd etuvchi gap-soʻz, fikr-mulohazalar.
- . Ish-xizmatdagi tartib-qoidaga binoan beriladigan rasmiy jazo.
- . Oʻyin qonun-qoidasiga zid xatti-harakat uchun hakam tomonidan aytilgan gap, soʻz; ogohlantirish.
Examples
- Yengil: tanbeh. Qattiq tanbeh.
- Tanbeh bermoq. Tanbeh olmoq.
- Keksa bogʻbonning samimiy soʻzlari ham taʼna, ham tanbeh edi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Togʻaning tanbehlariga qaramay, jiyan oʻz yoʻlidan qaytmadi. — "Sharq yulduzi".
- -Biz tekkanimiz yoʻq-ku, ota! — dedi bolalardan biri, cholning tanbehini qattiq olib. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
- Hamshira tanbeh berib, boshimni yostiqqa qoʻydi. — "Guldasta".
- Boshliq boʻlganingizdan keyin gapirish emas, tanbeh berishga ham haddingiz sigʻadi.. — S. Nurov — Narvoy.
- Men.. sahar-mardonda tepani aylanib chiqaman deb, komandirdan qattiq tanbeh olgan edim. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Manman kishining bunda boʻynin sugʻurib, Agar koʻrsam, tanbehini beraman. — "Bahrom va Gulandom".
- Odam tiqilinch boʻlgan bu vagonda joy topolmasdan, eshikning oldida oʻtirib, toza tanbehimni yedim. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Sobirning qiyofasida tanbeh yeb, tavba qilish emas, oʻz istagidan qaytmaslik hissi barqaror edi. — F. Musajonov — Himmat.
- ..bu ishdan ham ayrilib qolmay, deb astoydil ishladi, xoʻjayinidan biron tanbeh eshitmadi. — Yo. Xaimov — Yo. Xaimov — M. Rahmon — Hayot-mamot.
- Ularning maslahati, yoʻl-yoʻrigʻi va tanbehlari aksariyat hollarda oʻrinli boʻlib chiqayotganligi bejiz emas. — Gazetadan.
- Ishdan kechi-kishlari uchun tanbeh olmoq. Tartibga rioya qilmaganligi uchun komandir tanbeh eʼlon qildi.
Etymology
arab. – uygʻonish, jonlanish; ogoxdantirish; eslatma, izoh
Source: Wiktionary
Views: 0