Explanatory dictionary
taqlid
тақлид
Meanings
- . Shaxs yoki narsaning ovozi, xatti-harakati va shu kabilarni iloji boricha aniqlik bilan, oʻziday qilib aytish, bajarish; oʻxshatma ovoz, harakat qilish.
- . Ijod, faoliyatda oʻzgalarga ergashish, oʻzgalar namunasi asosida ish olib borish.
- Taqlid qilmoq (yoki etmoq) 1) oʻxshatma ovoz, harakat va shu kabilarni bajarmoq, qilmoq.
- Taqlid soʻz yoki taqlidiy soʻz Turli tovush yoki obrazlarga taqlidni bildiruvchi soʻzlar. taq, gup, sharaq-shuruq, lip-lip, yalt-yalt va b.
Examples
- Shodon askiyalar, payrov va taqlid Davrani porlatar misoli chiroq. — A. Isroilov. —
- Ming yildirkim, bulbul kalomi Oʻzgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo shoʻrlik toʻtining holi Oʻzgalarga taqlid hamisha. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Taqlid esa, aksincha, boshqa yozuvchiga koʻr-koʻrona ergashish, unda tasvirlangan hayot lavhalarini "oʻzlashtirib", mexanik suratda koʻchirishga olib keladi.. — Gʻ. Salomov — Tarjima nazariyasiga kirish.
- U qishloq korchalonlari va boyonlarining yurish-turishlarini, qiliqlarini juda doʻndirib taqlid qiladi. — H. Shams — Dushman.
- Fritslarning odatlari, yurish-turishlarini artistlardek harakatlar bilan jonli taqlid etib, masxara qilar edi. — Oybek — Quyosh qoraymas. 2) faoliyat, ijod va shu kabilarda oʻzgalarga ergashmoq, taqlidan ish olib bormoq, harakat qilmoq.
- Yomonni tanqid qiladi, yaxshiga taqlid qiladi. — Maqol. —
- Bola taqlidchi boʻladi, u.. oʻz otasiga taqlid qilishga harakat qiladi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
Etymology
arab. — vakolat berish; (amalga) tayinlash; oʻxshatish
Source: Wiktionary
Views: 0