Explanatory dictionary
tarafdor
тарафдор
Meanings
- . Bir-biriga qarshi boʻlgan tomonlardan biriga yon bosuvchi, uni qoʻllab-quvvatlovchi, himoya qiluvchi shaxs.
- . Biror gʻoya yoki harakatni himoya qiluvchi, shu gʻoya, harakat uchun kurashuvchi shaxs, tashkilot va sh.k.
Examples
- Musulmonqulga tarafdorlaringiz boʻlsa, tinchlikcha qoʻshindan chiqib ketsin! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichidagi tarafdorlarining hech biriga xabar bermasdan.. tavakkal qilib keldi. — P. Xodirov — Yulduzli tunlar.
- Tinchlik tarafdorlari.
- Betob boʻlib Oʻshga kelolmagan Xoʻja Abdullo ham Boburning Samarqandga qoʻshin tortib borishiga tarafdor edi. — P. Xodirov — Yulduzli tunlar.
Etymology
arab. + fors. – tarafini oluvchi, yoqlovchi, himoya qiluvchi
Source: Wiktionary
Views: 0