Explanatory dictionary
taramoq
тарамоқ
Meanings
- Taroq yoki boshqa biror narsa bilan soch, soqol va shu kabilarning chigilini yozmoq, tekislamoq.
- Yuvib-taramoq Ozoda tutib, parvarish qilmoq.
- q. x. Ariq-joʻyaklarga suvni bir meʼyorda taqsimlab oqizmoq, taratmoq.
- koʻchma poet. Yoymoq, sochmoq.
- Tok(ni) taramoq Tok novdalarini bir-biridan ajratib, taratib, bagʻazlarga bogʻ-lamoq. Bogʻbon boqqa qarolmapti, toklarini tarolmapti.. Yo. Shukurov, Asarlar.
Examples
- Shundan keyin sochlarini bir tomonga silliq taragan tilla tishli yigit qoʻl koʻtardi. — N. Aminov — Suvarak
- Otam oʻylanib qoldi. Soqolini barmoqlari bilan taradi. — Oydin — Sadagʻang boʻlay, komandir
- Qorongʻida sokin turgan otning boʻynidan quchoqladi, barmoqlari bilan yolini taradi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Men ukalarimni yuvib-tarab, kech-qurun bir qoshiq obiyovyun qaynatib, yetim-ligini bildirmaslikka urindim. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Joʻyak olin-gan joylarda tajribakor suvchilar chanqa-gan gʻoʻzalarga suv tarardilar. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Shermat ota ikki gektar-lik kartaga suv tarab boʻldi-da, egatlarni koʻzdan kechirib, oʻqariq boʻyiga chiqdi. — H. Nuʼmon — Fasllar
- Qorli togʻlar orqasidan Atlas sochin tarab quyosh, Goh moʻralab, oʻynatar qosh, Xanda sochar dudogʻi-dan. — Gʻayratiy.
Source: Wiktionary
Views: 0