Explanatory dictionary
tashvish
ташвиш
Meanings
- Koʻzlangan ish, maqsad va sh.k. yoʻlidagi oʻy-fikr, xatti-xarakat; bezovtalik, taraddud.
- Baxtsizlik, judolik va sh.k. tufayli yuz beradigan his-tuygʻu; gʻam, qaygʻu.
- Notinchlik, azob-qiynoq beradigan narsa-xodisa va shu tufayli yuzaga keladi-gan xolat; kulfat, savdo.
- Tashvish qilmoq ayn. tashvishlanmoq.
Examples
- Roʻzgʻor tashvishi. Tirikchilik tashvishlari. Toʻy tashvishlari. n
- Har bir kunning oʻziga xos ishi va tashvishi bordir. — Sh. Rashidov. Boʻrondan kuchli.
- Adolat kechasi bilan chan-qoq gʻoʻzalar tashvishidauxlolmadi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Mana endi Oʻskinboyda yangi tashvish: adirlardan yer ochmoqchi. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Xoʻrozlarning soʻnggi qichqi-rigʻidan uygʻonayotgan.. qishlogʻimizning kun-lik yoqimli tashvishlari boshlanayotgan edi. — "Saodat".
- Tashvish tortmoq (chekmoq). Boshiga (koʻngliga) tashvish tushdi. Oʻylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish. — Maqol. n
- Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. — S. Ahmad — Ufq.
- Sizga bir maslahatim: koʻp kuyunchak boʻlavermang, yurak kasalligi ak-sariyat ikir-chikir tashvishlardan kelib chiqadi. Oʻ. — Hoshimov — Nur borki, soya bor.
- Yosh olimning muso-firchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida hech gap emasdi. — M. Osim — Jayxun ustida bulutlar. Shundoq il-mu amal bilan kunlari oʻtib turgan Meʼmor boshiga tushganulkan kulfat — oʻgʻlining hibs etilishi hammasini bir tomonga uloqtirib tashladi. Mirmuxsin, Meʼmor.
- Unchalik tashvish qiladigan gap yoʻq. Uch vagon molimizni brak qilishibdi. — "Mushtum". Tashvishga solmoq (yoki qoʻymoq, tushirmoq) 1) tinchini buzmoq, bezovta qilmoq, urin-tirib qoʻymoq. -
- Tashvishga soldikmi ? — dedi bika, qorakoʻl popogʻini boshidan olib. — J. Sharipov — Xorazm.
- Mart oyigacha moʻʼtadil boʻlib turgan havo birdaniga aynidi. Ta-biatning bu notantiligi paxtakorlarni tashvishga solib qoʻydi. — N. Safarov — Xadicha Axrorova; 2) qaygʻurtirmoq, gʻam-qaygʻuga, xavotirlikka solmoq.
- Qobil karvonning qa-moqqa olinishi Abdurahmonboy xonadonini qattiq tashvishga solib qoʻydi. — H. Gʻulom — Mashʼal. Tashvishga tushmoq 1) tinchi, oromi buzilib bezovta boʻlmoq, urinmoq.
- Kuz havo-si past keldi: kolxozchilar tashvishga tushib qolishdi; — 2) gʻam chekmoq — xavotirlikka tush-mox.
- [Hasanali] Bu oʻrtada qanday tashvish-larga tushmadi, soʻrasangiz. — A. Qodiriy — Oʻt-gan kunlar. Tashvishini qilmoq Biror narsa taraddudida, xaRaka™Da boʻlmoq, oʻyla-moq.
- Toʻy tashvishini qilmoq. Roʻzgʻor tashvishini qilmoq.
Etymology
\a. j.ir. — tinchsizlik, tartibsizlik, buzgʻunchilik; kasallik
Source: Wiktionary
Views: 0