Explanatory dictionary
taskin
таскин
Meanings
- Yupatuvchi narsa, gap, ish-harakat va sh.k.; tasalli, yupanch.
- Taskin bermoq; Yupatuvchi gap-soʻz aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yoʻl bilan yupantirishga, tinchitishga harakat qilmoq.
- Taskin topmoq; Taskin beruvchi narsalar taʼsirida tinchlanmoq.
Examples
- Bu nafosat dargohi [Muqimiy teatri] usha ogʻir jang va kurash yillari.. beorom koʻngillarga taskin, yoki koʻzlarga nur baxsh etgan. — A. Yusupov — Jilokor qoʻllar.
- Yuragim ranjigan boladay Na ermak, taskinga koʻnadi. — Sh. Rahmon — Yurak qirralari.
- Tashvish tortmma, oshna, — dedi Omontoy doʻstiga taskin berib, — agar Sanobarni Samarqandga chaqirib qoladigan boʻlishsa, senga ham biron chora toparmiz. — K. Yashin — Hamza.
- Qanday gap aytsa, Ikromjon amakining koʻngli taskin toparkin? — S. Ahmad — Ufq.
- Nafisaxon qizini koʻrmagan boʻlsa ham, kampirning gaplaridan haqiqatni anglab, yuragi taskin topdi. — Mirmuhsin — Umid.
- ..oriqlab, sargʻayib ketgan yuziga rang kirib qolganini koʻrib taskin topdi. — J. Sharipov — Xorazm.
Etymology
arab. –tinchlantirish, yupatish, ovutish; yumshatish
Source: Wiktionary
Views: 0