Explanatory dictionary
tavoze
тавозе
Meanings
- Oʻzini xokisor, odob bilan tutish; xokisorlik, kamtarlik.
- Tavoze koʻrsatmoq Oʻzini kamtar, tavozeli tutmoq, shunday munosabatda boʻlmoq.
Examples
- Gulbahor unga [ayolga] avval tavoze bilan egilib salom berdi, keyin borib, yelkasini tutib koʻrishdi. — S. Zunnunova — Gulbahor.
- Taʼzim etgan kabi, qoʻllarini tavoze bilan koʻksiga qoʻydi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Inson ilmi, odobi, tavozesi bilan yoqimli boʻlib, mehnati bilan sharaflanadi. — Gazetadan.
- Meʼmorga tavoze koʻrsatib, betob boʻlgani va buning ustiga „amirzoda pulni kamroq berayotgani“ni aytdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Mufti Majidbekni hurmat qilsada, Aliga oʻxshab, unga uncha tavoze koʻrsatmadi. — A. Hakimov — Ilon izidan.
Etymology
arab. – oʻzini past tutish, kamtarlik; til biriktirish, kelishuv
Source: Wiktionary
Views: 0