Explanatory dictionary
taxir
тахир
Meanings
- . Taʼmi ogʻizni burishtiradigan; kakra, talxa.
- . Dagʻal, badxazm (gap, soʻz, muomala va shu kabilar haqida).
- Taxirini chiqarmoq Sharmanda qilmoq, izza qilmoq; pachavasini chiqarmoq.
Examples
- Taxir dori. Taxir shaftoli.
- Uning [Salimboyning] keng qora qoshli, qoʻy koʻzli, peshonasi serajin choʻziq yuzi xuddi taxir bir nima yegandek burishdi. — S. Abduqahhor — Sanamay sakkiz dema.
- Meva gʻoʻraligida taxir boʻladi, yegan kishining labini qizdiradi. — "Fan va turmush".
- Taxir gap.
- Xaridorlar sotuvchidan taxir soʻz eshitmaslik uchun indamay chiqib ketishdi. — "Mushtum".
- ..vaqti kelib, hovuridan tushib qolar, deb oʻziga sabr berib, erining taxirini koʻchaga chiqarmadi. — R. Rahmon. — Qiz–aziz farzand-ku!
- Ammo soʻkaverib, bir-ikkita vakilning taxirini chiqarib yubordi. — "Mushtum".
Source: Wiktionary
Views: 0