Explanatory dictionary
taxmin
тахмин
Meanings
- Oʻylab, chamalab, moʻljallab yoki qandaydir mulohaza va shu kabilarga asoslanib qilingan faraz, chama.
- Taxmin qilmoq ..deb oʻylamoq, faraz qil-moq, oʻylamoq.
Examples
- Taxmini toʻgʻri chiqdi. m
- Ana shundan keyin.. odamlardan biri oʻz taxminini soʻzlay ketdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Koʻrgan zahotim, oʻzbek qizimikan, degan edim, taxminim toʻgʻri chiqdi. — Oydin — Suhbati jonon.
- Ziyodillaning taxminicha, Komil afandi Boʻronbekning uyiga yetib kelgan va agar kelmagan boʻlsa ham, hozir yetib kelishi kerak. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Abdumajidlar, Zarif ota taxmin qilganidek, oʻn ikkidan ancha oshgan-da kelishdi. Oʻ. — Usmonov — Sirli sohil.
- Bozor-ga sabzi-piyozmi yo kartoshka olib kelib, bo-la-chaqalariga kiyim-kechak qilib ketayotgan dehqon boʻlsa kerak, deb taxmin qildi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
Etymology
a. g- — faraz, gumon; mul-jal, chama
Source: Wiktionary
Views: 0