Explanatory dictionary
tayyor
тайёр
Meanings
- Biror ishga shaylanib, hozir-lanib turgan, shay, hozir.
- Biror narsa, ish uchun moyil, rozi holatli.
- Ishlatish, isteʼmol va sh.k. uchun hozirlab qoʻyilgan.
- s.t. yukl. Kuchaytirish, taʼkid bildi-radi (asosan, bolani ota yoki onaga qiyos-lashda qoʻllanadi).
- Tayyor qilmoq Tayyor holga keltirmoq.
- ..
Examples
- Ular [soldatlar] miltiqlarini osmonga oʻqtalib, har dam otishga tayyor turardilar. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Me ni qoʻya bering, osadimi, chopadimi — hammasiga tayyorman. — K. Yashin — Hamza.
- Yoʻlchi shu choqda qancha aqchasi boʻlsa ham berishga tayyor edi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Anvarga mazkur oliy tabaqalarning har qaysisi ham oʻz qizini berib, kuyov qilishga tayyor! — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Sal-tanat uchun qurbon boʻlishga ham tayyor.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Tayyor kiyimlar. Tayyor mahsuloshlar. m
- Sutchoy tayyor boʻldi, suzib kiraymi?A. — Krdiriy — Oʻtgan kunlar.
- Gʻavvos tayyor aravalardan birini olib keldi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Kichik oʻgʻli tayyor ota-sining oʻzi boʻlibdi.
- gʻoʻsht, moy solish uchun togʻoralarni tozalab tayyor qilishni buyurdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uy egasi ajoyib tanti xotin, aytganingni tayyor qiladi. — Shuhrat — Shinel-li yillar. Tayyor oshga bakovul q. bakovul.
Etymology
a. طَيَّار — uchadigan, uchuvchan; joʻnatuvchi
Source: Wiktionary
Views: 0