Explanatory dictionary
tegishli
тегишли
Meanings
- Talabga, vaziyatga, qonun-qoidaga va shu kabilarga mos, muvofiq; shu jihatdan kerak, loyiq, lozim boʻlgan.
- Kimsa yoki narsaga qarashli, aloqa-dor, taalluqli boʻlgan. Ularning [xotiyushr-ning]
- Daxli boʻlgan, muayyan, belgili.
- Oʻziga yarasha, lozim boʻlgan; kerakli.
Examples
- Tegishli xulosa chiqarmoq. Tegishli choralarni koʻrmoq. Tegishli hujjat koʻrsatmoq. yaya Bu xabarni professorga bildirdim, undan tegishli konsultatsiya oldim. — Oydin — Uyaldi shekilli, yerga qaradi.
- Elmurod ham uning feʼlini bilib, har bir savoliga tegishli javobni berib turar edi. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- Paxtakorlarning hamisha oʻz soʻzlari-ning ustidan chiqishi uchun tegishli sharoit ham yaratib berilishi lozim. — Gazetadan.
- chagʻir-chugʻur aralash qahqahalari hov-lini yangratadi. Gulnorga tegishli toʻrdagi bir uy, bir ayvon jimjit. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Boʻston, bu gap senga tegishli. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Abdulaziz, oʻgʻil-lari otlarni sugʻorib, aravalarni shay qilib qoʻyganini, karvonsaroy sohibi ham unga tegishli odam ekanini.. aytdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- -Dadam har kishining oʻziga tegishli gapni aytadilar, — dedi Onabibi Bozor-qulga. — A. Muxtor — Chinor.
- Senlar bilan tegishli joyda gaplashaman, ertagayoq dosha-imoshar bilan orani ochdi qilaman. S. — Karomatov — Hijron. Tegiiii yuqori tash-kilotga yetib borgan igʻvoni tekshirish uchun zudlik bilan turt-besh kishidan iborat komissiya joʻnatshdi. E. Usmonov, Yolqin.
- Sessiya, shuningdek, xalk, deputapiari tegishli Kengashi deputatlarining kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. — Gazetadan.
- Tekinxoʻr va bezorilar odil sud tomonidan tegishli jazosini oldi. — Gazetadan. Soib Ismoilovning jasoratidan rux^angan jang-chilarimiz dushman hamlasiga tegiiii javob berdilar. T. Rustamov, Mangu jasorat.
Source: Wiktionary
Views: 0