Explanatory dictionary
tek
тек
Meanings
- . Harakatsiz, qimirlamasdan va ovoz chiqarmasdan, jim.
- . Hech ish, harakat qilmasdan, bekor.
- . . Qimirlama, jim. -
- Tek qoʻymoq Tinch qoʻymoq, bezovta qilmaslik.
Examples
- Tek tur. Tek oʻtir.
- Hamma bir lahza tek qolib, birdan qattiq kulgi koʻtarildi. — A. Qahhor — Mayiz yemagan xotin.
- Unda laylak bir oyoqlab turib, yashillanib kelayotgan adirlarga koʻz tashlab, tek qotgan. — S. Ahmad — Hukm.
- Tek turmagan toʻq turar. — Maqol..
- Uning [Haydarboyning] qoʻllari tek turmaydi: dam uzun otashkurak bilan toʻnkaning oʻt olgan joylarini qoqib, yana ham koʻproq biqsitadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Hamma harakatda-yu, yolgʻiz men tek yotibman. — Oydin — Oltin uzukka olmos koʻz.
- Tek, oʻrtoqlar, — dedi rais va davom etdi, — oʻzingiz ekasizmi? — A. Qahhor — Sarob.
- Hozir tek qoʻyib qoʻygan odamlarni suv chiqqandan keyin qamashi ham ehtimoldan uzoq emas. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
Source: Wiktionary
Views: 0