Explanatory dictionary
tekis
текис
Meanings
- Yuzida gʻadir-budir, baland-past, oʻnqir-choʻnqir joylari boʻlmagan; silliq.
- Joylashish, oʻlcham (hajm yoki boʻy) va sh.k. jihatdan bir xil.
- Bir maromda, bir xil tezlikda.
- rvsh. Baravariga, yoppasiga bir vaqtda; shigʻa, qiygʻos.
- Har jihatdan teng, baravar, bir hu-quqdagi.
- koʻchma s.t. Beishkal, silliq; bir xil qilib.
- Kelishgan, chiroyli.
Examples
- Tekis taxta. Tekis maydon. Tekis devor. m
- Kecha qorongi va tumanli edi. Keng, tekis koʻchaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ioʻl tekis, mashina sshjinmasdi. — S. Ahmad — Ufq.
- U jilmayganida, qizlarnikiga oʻxshash, tekis tishlari yarq etib ketdi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Boʻyi baland, qomati kelishgan, qora soqoli iyagida tekis qilib qirqilgan. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻk bluzka kiygan ikki qiz Bashoratlarning oldiga keldi. Ular bir-birlariga juda oʻxshar, boʻylari ham tekis, juda chiroyli qizlar edi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Tekis harakat. Tekis odim. m
- Xuddi sirk otla-riday bezatilgan semizgina, silliqqina boʻz ot tekis olib ketdi. — Oybek — Nur qidirib.
- Undan nariroqda qora kalxat, sanʼatini namoyish qilayotganday, bir tekis suzib yuribdi. — N. Fozilov — Diydor.
- Urugʻlarni tekis undirib ol-moq. Giloslar bir tekis gulladi. Gʻoʻzalar bir tekis unib chiqdi. n
- Har safar tekis chi-qib, yashnab oʻsayotgan yam-yashil gʻoʻzalarni koʻrganimda.. paxtazordan chiqqim kelmas edi. — O. Yoqubov — Ikki muhabbat.
- Suv xudoyimning mulkimi ? Xaloyiq tekis ichadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Meni saylang, negakim, Endi qadrdon boʻla-man. Bir tekis hammangizga Xizmati bajon qilaman. — Hamza.
- Ishi juda tekis. Hamma ish tekis boʻlib ketdi. m
- Musa koʻsa bir yerda turmas, chigitlarni bir tekisda ekish kerakligini, chigit toʻrt enlikdan chuqur boʻlmasligini hadeb tayinlardi. — S. Ahmad — Hukm.
- Oʻrtada oʻn olti-oʻn yetti yashar bachcha oʻynaydi. U rang-siz, xipcha, "tekisgina", yana toʻgʻrirogʻi, "po-pukday" bola. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Anov togʻ bilan manov togʻ egiz ekan, Jami qizdan oxun qizi tekis ekan. — "Oq olma — qizil olma".
Source: Wiktionary
Views: 0