Explanatory dictionary
temir
темир
Meanings
- Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element, bolgʻalanganda yassilanadigan, istalgan shaklga kiradigan, uglerod bilan qoʻshilganda, poʻlat va choʻyan hosil qiladi-gan qoramtir kumush rangli ogʻir metall.
- Umuman, temir, poʻlat va sh.k. lar va ulardan yasalgan buyum-narsalar.
- Temir daftar s.t. koʻchma Yozuvlari qo-nun kuchiga ega boʻlgan daftar.
- Temir (erkaklar ismi)
Examples
- Sof temir.
- Magnit ham temirni domiga tortadi, kesakni torta olmaydi. — P. Qodirov — Uch ildiz
- Uning [Qoratoyning] oʻn uch yashar oʻgʻli dam bosib, kichik bolgʻa bilan temirni urib, dadasiga yordamlashardi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Temir qoshiq. Temir koʻprik. Temir panjara. Temir oʻchoq. Temir darvoza. n
- Yigit uzoqda haybatli temir uyumlari singari agʻnab yotgan pachoq parovozlarga tikildi. — Oybek — Quyosh qoray-mas.
- Samolyotning kichkinagina zinapoyasiga bir oyogʻimni qoʻyib, eshigidan ushlagan edim, qoʻllarim temirga chip etib yopishib qolsa boʻladimi! — N. Fozilov — Diydor.
- Bularning hammasi uning boʻynida qarz boʻlib yotardi. Bulardan tashqari, otasining dafn xara-jatlari ham temir daftarda yozigʻliq edi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o. Temirni qizigʻi-da bosmoq Har ishni oʻz vaqtida, fursatni boy bermay amalga oshirmoq.
- "Temirni qi-zigʻida bos" degan maqolga amal qilib, unga madh-sano oʻqishga boshladi. — Oybek — Navoiy.
Source: Wiktionary
Views: 0