Explanatory dictionary
tepmoq
тепмоқ
Meanings
- Oyoq bosib, tepkilab biror ish qil-moq.
- Oʻq uzish yoki boshqa bir ish paytida zarb bilan orqaga siljimoq, urmoq.
- Ritmik harakat qilmoq, dukil-lamoq, urmoq (yurak va qon tomirlari ha-qida).
- Tepaga, yuzaga (sirtga) koʻtari-lib chiqmoq, koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
- Baʼzi soʻzlar bilan birikib, narsa-ning shu soʻz bildirgan joyga urishi, yeti-shi maʼnosini bildiradi.
- Beliga tepmoq Oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz bildirgan narsaning boʻlishiga xalaqit ber-moq, uni uzib, toʻxtatib qoʻymoq maʼnosini bildiradi.
Examples
- Polvon uni bir tepib, yerga agʻnatdi-yu, boʻgʻzidan bosib tura-verdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Tom tepmoq. Loy tepib pishitmoq. n
- Kechalari shinni uchun uzum tepadilar, kundu-zi ularni aravalab shaharga tashiydilar. — Oydin — Yamoqchi koʻchdi.
- Loy tepish, loy qo-rish ishlari qilinmaydi. — "Mushtum".
- Bumil-tiq qattiq tepar ekan. n
- Nima balo boʻldi, mashinaning ruchkasi tepib oldimi, dey-man.. — I. Rahim — Shonli avlod.
- Yuragim gurs-gurs tepadi. yat Ular [
- yigit bilan qiz] darvoza tagiga oʻtirdilar va shu zayl bir necha vaqt nafaslarini yutib, goʻyo bir xilda tepayotgan qalblarini tinglab, indamay qoldilar. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ba-shorat oʻzining oqarib ketganini sezdi, chak-ka tomirlarida qon gupillab tepardi. A. — Muxtor — Opa-singillar.
- Qi-zamiq sirtga tepdi. Sizot suvlar yer betiga tepib chiqdi. yaya Ter kuchli ishqorli reaksiya beradi va u tanaga tepib, shoʻrga aylanadi. — "Fan va turmush".
- Nima uchundir yuragi hov-liqar, tez-tez urar edi. Yuziga qon tepgan. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Onaning dili oʻgʻlining yuziga tepib chiqqan alamli norozi-likni, aniq boʻlmasa ham, darrov sezgan edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Ana, gʻoʻzalarimiz-ga oʻzingiz bir qarang, belga tepadi-ya! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ishning beliga tepmoq. Gap-ning beliga tepmoq. n
- E-e, senmisan ? Ammo uyquning ham beliga tepding-da! Tinchlikmi oʻzi? — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Buorada rotalardan maʼlumot olib kelgan aloqachi-lar suhbatning beliga tepdi. — Shuhrat — Shinelli yillar. Burga tepdi Tobi qochgan kishiga nisbatan qoʻllanadi.
- Sizni qanaqa burga tepdi, yotib olibsiz? — A. Muxtor — Boʻ-ronlarda bordek halovat. Orqasiga tepmoq Voz kechib haydamoq, quvmoq.
- Dunyo yalinib kelgan vaqtda shoh Mashrab uning orqasiga tepgan ekanlar.. dunyo oʻzi bevafo, orqasiga tepsang arziydi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Tilab olgan bolamni echki tepib oʻldirdi Zoʻrgʻa, juda qiyinchiliklar bilan erishgan narsasidan ayrilganlik, mahrum boʻlgan-likni ifodalovchi maqol. Toʻydirganning qorniga tepmoq Yaxshilik, himmat qilgan, qoʻllab-quvvatlaganga yomonlik bilan javob bermoq maʼnosidagi ibora.
- Endi toʻydirgan-ning qorniga tepma-da. — A. Muhiddin — Chap choʻntak. Oʻlganning ustiga (chiqib) tepmoq Biror yomon holatning ustiga yana boshqasi yuz berishi maʼnosidagi ibora.
- Kolyaning haqorati qalbini nashtardek tilgan Foti-ma opaga odamlarning taʼnasini eshitish oʻlganningustiga tepgandek boʻldi. — R. Fayziy — Sen yetim emassan.
- ..qoʻlingda xating bor, oʻl-ganning ustiga chiqib tepgandek, xat-xabar-siz qoʻyma! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- shoshib-pishib, Azim boyvachchaning koʻkragidan itarib edi, Azim uning kindigiga oʻxshatib tepdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Etymology
Oyoq bilan zarb bermoq. ◆ Kop-tok tepmoq. Eshikni tepib ochmoq. Itni qopmas deb bulmas, otni tepmas deb boʻlmas. — Maqol. n U Soli sovuq
Source: Wiktionary
Views: 0