Explanatory dictionary
tibbiyot
тиббиёт
Meanings
- Kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Examples
- Abu Ali ibn Sino bundan ming yil ilgariyoq oʻsimliklardan dori-darmonlar olib, tibbiyotda qoʻllagan. — Gazetadan.
- Tovush toʻlqinlarini tutgich vazifasini oʻtovchi quloq suprasi tabobatda katta ahamiyatga molik ekani Sharq tibbiyotida qadimdan maʼlum. — "Fan va turmush".
- Milodga qadar boʻlgan tibbiyotda zira keng koʻlamda qoʻllangan. — M. Nabiyev — Zira.
- Tibbiyot fanlari doktori.. Musaboyevning yuzlab, minglab bemorlarning jonlariga ora kirganligi shubhasiz. — G azetadan.
Etymology
a. طِبِّيَّات — tabobat, davolash; meditsina
Source: Wiktionary
Views: 0