Explanatory dictionary
tiklamoq
тикламоқ
Meanings
- Tik, vertikal holatga keltirmoq, tikka qilmoq, tikka qilib qoʻy-moq.
- Qurmoq, bino qilmoq, bunyod etmoq.
- Yoʻq boʻlgan, ishdan chiqqan, xarob boʻlgan va sh.k. narsalarni bor qilmoq, asl holiga keltirmoq.
- Unutilgan, esdan chiqib ketgan narsalarni yuzaga keltirmoq; bekor qilingan, rad etilgan narsalarni qayta joriy qil-moq, qaytarib bermoq.
- Qayta oʻz oʻrniga, ishiga qoʻymoq.
- Boshini koʻtargan holda tik qara-moq.
Examples
- Yiqilgan gʻoʻza tuplarini tiklamoq. n
- Joʻraposhsho pastga tushib, shotini tiklab qoʻydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Sulton boʻzchi kamon singari egilgan qaddini.. tiklab, bazoʻr oʻrnidan turdi. — N. Safarov — Sulton boʻzchining nevaralari.
- Utgan yilning bahorida mana shu joyni tiklaboldim. — M. Abdulla — Kutilmagan meh-mon.
- Qurilish maydonida ish jadal.. Birov palatka tiklayapti, ikkinchi bir kishi chiz-malarga belgilar qoʻyyapti. — S. Karomatov — Bir tomchi qon.
- Birgalashib choʻlda birinchi oquy-ni tiklaganmiz. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Arxitektura yodgorlik-larini tiklamoq. Xoʻjalikni tiklamoq. yash Vodokachkani tiklagani gʻisht, qum tashish kerak boʻlganida, otining tuyogʻiga mix qoqib, oqsatib qoʻygan kim edi? — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Xoʻjagik rahbarlarining ishiga — mehnat ahlining salomatligini tiklash haqida qilayotgan gʻamxoʻrliklariga qarab baho berilmoqda. — "Oʻzbekiston qoʻriq-lari".
- Sex qoloqlikdan chiqib, avvalgi shuh-ratini yana tikladi. — Gazetadan.
- Bois Erga-shev.. radiostansiyani qayiqqa ortib, uzilib qolgan aloqani tikladi. — N. Safarov — Olov-li izlar.
- Aloqa-munosabapʼshr-ni tiklamoq. Huquqini tiklamoq. Utonini tiklamoq. n
- Umid eslab-eslab, keyinchalik ona allasining deyarli hammasini tiklab oldi. — Mirmuhsin — Umid.
- Direktor nohaq ishdan boʻshatilganlarni yana tikladi.
- Tersak damini ichiga olib, tishini ti-shiga qoʻyib, kiprigini qoqmay tiklab qol-di. — "Ravshan".
- Hech nimaman ishi boʻlmay, Xamma angrayib tiklab qolgan. — "Murodxon".
Source: Wiktionary
Views: 0