Explanatory dictionary
tinchlik
тинчлик
Meanings
- Gʻala-gʻovur, shovqin-suron kabilardan xoli, tinch holat.
- Kishini bezovta qilmaydigan, tinch, osoyishta holat.
- Urish-janjalsiz, tinch holat; hamma narsa meʼyorida, joyida (odatda, hol-ahvol haqidagi soʻroqqa javob tarzida qoʻllana-di).
- Urush, oʻzaro ziddiyatli toʻqnashuvlar va shu kabilardan xoli sharoit, tinch sharoit.
- Tinchlik bermaslik 1) oʻz holicha, erkin ish tutishga qoʻymaslik, turli yoʻl, xatti-harakatlar bilan bezovta qilish.
Examples
- Hamma yoq tip-tinch.. ora-chora uzoqdan kelgan bola yigʻisi bu tinchlikni buzgandek boʻlar edi. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Ammo Salimning kutgani chiqmadi, qoʻrgʻonda avvalgiday tinchlik, jim-jitlik. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Uch kundan beri yamoqchining uyida tinchlik yoʻq. Bolalari qoʻrqib, koʻchaga chiqmaydilar. — Oydin — Hikoyalar.
- Gulnor shu topda yolgʻizlikni, tinchlikni istar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Xoʻsh, Sodiq polvon, ishlar qalay, Toshkentda nima gaplar bor? -Nima gagiar boʻlsin, Toshkentda tinchlik. Bahona bilan Toshkentni ham koʻrib oldik. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- -Ha, Boʻtaboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinch/shkmi? - Tinchlik, — dedi Boʻtaboy va otning jilovini uning qoʻlidan oldi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Butun dunyodagi bizga oʻxshash mehnatkashlar bilan bir safda urushga qarshi, tinchlik uchun kurashmoq burchimiz. — Oybek — Nur qidirib.
- Tinchlik uchun kurash tobora qizgʻin tuye olmoqda. Ayollarga ham, bolalarga ham — hammaga tinchlik kerak. — "Saodat".
- Toʻgʻri, ular boy, juda boy. Ammo ular Gulnorga tinchlik bermaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Devonaga bir piyola choy ichishga ham tinchlik bermadilar. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar; 2) ruhan tinchligini buzmoq, tinchini olmoq.
- Bu savol Boboqulga mahkam yopishib oldi, bu toʻgʻrida nechogʻli oʻylamaslikka tirishmasin, yursa ham, tursa ham tinchlik bermasdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Oradan qancha yillar oʻtsa hamki, hamon mana shu hikoya menga tinchlik bermaydi. — Gazetadan. Tinchlik bormi? Xar-xashali, notinch holatdan norozilikni ifo-dalaydi.
- -Hoy, tinchlik bormi, yoʻqmi? -Axir bola kasal-ku. -Kasal boʻlsa, yigʻlatmagin. A. — Qahhor — Ogʻriq tishlar.
Etymology
tinch + lik
Source: Wiktionary
Views: 0