Explanatory dictionary
tinim
тиним
Meanings
- Ishdan, harakatdan xoli vaqt yoki holat; dam, orom.
- Tinim bermaslik I) dam bermaslik, be-tinim holatda tutmoq.
Examples
- Baʼzi vaqtda, sugʻorish paytlarida, kechalari ham tinim boʻlmas, suvni uzoqdan haydab kelishga toʻgʻri ke,shr edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Otinoyi unga [El-murodga] tong sahardan kechasi allavaqtgacha tinim bermasa ham, qornini hech qachon yol-chitmaydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Umarovning jangchilari dushmanga tinim bermay, izidan quvladilar. — T. Rustamov — Mangi jasorat; 2) tinchi-oromini buzmoq, tinchlik bermaslik.
- Mana bu qoʻshnimizning bolalari sira tinim bermaydi.. — R. Fayziy — Sen yetim emassan.
- Bu hamma vaqt boshida aylanib, tinim bermay yurgan eski oʻy edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Keyingi kunlarda Yulduzxon Muhiddin-ning koʻz oldidan nari ketmaydigan, tinim bermaydigan boʻlib qoldi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi. Tinim bilmaslik Tinim, dam olmay, doim ish, harakatda boʻlmoq.
- Erta sahardan to qora kechgacha odamlar tinim bilmagan ana shu kushshrning birida.. Xora-bulok qiiaogʻidan biri keksa, biri yosh — ikki otliq chiqibkelaverdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t.o.
- Asalari kabi uzbek paxtakori tinim bilmaydi. — N. Safarov — Olovli izlar. Tinim yoʻq Toʻxtovsiz (tinimsiz) ish-hara-katda.
- Ustanikida tong yorishgandan qosh qoraygungacha tinim yoʻq — dam bosish, bosqon urish, suv tashib, oʻtin yorish.. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Pristanda hayot qaynaydi. Ish!Hech tinim yoʻq kemachida. — E. Rahim — Yangi qadam. Tinim kuni Dam olish kuni.
- Tinim kuni soqoli oʻsgan Umid erta bilan gastronomga, undan keyin yopgan non olish uchun bozorga kirdi. — Mirmuhsin — Umid. Tinim olmoq Dam olmoq, hordiq chiqarmoq.
- Uyga qaytganda ham, bir muddat tinim olishga imkon topmadi. — Oybek — Navoiy.
Source: Wiktionary
Views: 0