Explanatory dictionary
tiqilinch
тиқилинч
Meanings
- Odam, mashina va sh. k. bilan tirband; yurish, harakatlanish qiyin holat; shunday holatli joy; shunday holatdagi odam yoki narsalar toʻdasi.
- Shunday tirband, yurish, harakatla-nish qiyin boʻlgan (qiyin holatli).
- Tezlik bilan bajarilishi lozim boʻlgan; shoshilinch, oshigʻich.
- Bajarilishi lozim boʻlgan ish koʻp (tiqilgan), vaqt esa ziq.
- Tiqilinch qilmoq Zoʻr berib qistamoq, shoshirmoq, qiyin-qistoqqa olmoq, hol-joniga qoʻymay talab qilmoq.
Examples
- Yoʻlchi "Doʻppi bozor"dan aravani zoʻrgʻa olib oʻtdi: bu yerda zoʻr tiqilinch, koʻpchiligi xotinlar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tramvay narigi bekatda toʻxtaganda, tiqilinchda urilib-surilib, men tushgan vagonga kutilmaganda Sanobar chiqib keldi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Oynisa vokzal maydoni yaqinida tiqilinch tram-vaydan hammadan keyin tushdi.. \. — Gʻulom — Toshkentliklar.
- Hamadon shahri xuddi bezovta qilingan arining inidek gʻuvullaydi. Koʻchalar tiqilinch. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Tiqilinch ish. n Boradigan joyingizga kech qoladigan boʻldingiz-da, meniki judayam tiqshshnch emas edi. Shuhrat, Jannat qidirganlar.
- Shukur betoqat boʻlib, ensiz peshonasini tirishtirdi. Shu tiqilinch paytda Shukurning miyasiga bir fikr kelib qoldi. — S. Anorboyev — Hamsuhbatlar.
- Kunduzi Zinnat buvi terimchilarga ovqat pishirgani ketadigan vaqtda, ishlarim tiqilinch boʻlishiga qaramay, men uyga yetib keldim. — H. Nazir — Koʻkterak shabadasi.
- Munisxon tiqilinch qilmaganda, ular koʻchib ketishmasdi. — Oʻ. Umarbekov — Yoz yomgʻiri.
- Yuzboshiga aytib qoʻying, Haydarvoy, ishla, ha boʻl, deb bizga koʻp tiqilinch qilavermasin. — M. Osim — Tilsiz guvoh.
Source: Wiktionary
Views: 0