Explanatory dictionary
tizza
тизза
Meanings
- anat. Oyoqning bukiladigan, boddir bilan son qoʻshiladigan joyi.
- Tizza choʻkmoq kam qoʻll. ayn. tiz choʻkmoq 1 q. tiz I.
- Ishton, shim va sh. k. kiyimlarning tizni qoplab turadigan, tizzaga toʻgʻri kela-digan qismi.
- Oyoqning tizdan dumbagacha boʻlgan qis-mi (oʻtirgan holatda).
Examples
- Hayot.. kelinchaklarcha, bir oyogʻini yigʻishtirib, ikkinchi oyogʻini tizzasidan bukib oʻtirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Mana, mayet holda Tojiboy toʻppa-toʻgʻri Gulsumning eshigiga keldi-da, zanjiri ilinmagan eshikni tizza bilan bir itarib, toʻgʻri ichkariga kirdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Tizza choʻkib oʻtirmoq. shsh Tizza choʻ-kib tashrif etdilar Uyinga shoʻx raqqosa qizashr. — E. Rahim.
- Ishtoni yoʻq tizzasi yirtiq-qa kular. — Maqol. sht Tizzsiari mumwiu6 ket-gan eski tirinka shimining pochalaridan suv sirqib oqar.. chit koʻylagi shalabbo boʻlib, badan-badanlariga yopishib qolgan edi. N. Fozilov, Diydor.
- Ha, mulla Gʻulom, tizza-laringiz tuproq, namozni yerda oʻqidingizmi? — M. Ismoiliy. Fargʻona t. o.
- Yoʻlchi oʻtirgach, Shokir otaning yetim nabiralarini tizzasiga olib, oʻpib, uzumdan ikki boshini ularning qoʻliga tutqazdi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Zul-fiqor ustodga yaqin oʻtirib, qoʻynidan keng va qalingina daftarni olib, tizzasiga qoʻy-di. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Saodatxonning ig-na ushlagan qoʻllari beixtiyor tizzasi ustiga tushdi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
Source: Wiktionary
Views: 0