Explanatory dictionary
tommoq
томмоқ
Meanings
- Tomchilab oqmoq; chakka-chak-ka oqib turmoq, tushmoq, tomchilamoq.
- Koʻzlaridan qon tomadi Oʻta gʻazabli holatni qayd etadi.
Examples
- Xatga siyoh tomdi. Shimga yogʻ tomdi. Tomchi tomib boʻlguncha, daryo oqib oʻtadi. — Maqol.
- Toma-toma koʻl boʻlur, hech tommasa, choʻl boʻlur. — Maqol. ■■
- Sovuq tomchilar uning yuziga, boʻyniga tomib gʻashini keltirdi. — Oybek — Quyosh qoray-mas.
- Koʻz yoshlari.. egarning qoshiga va otning yoliga toma boshlaydir. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Uning koʻzlaridan oppoq soqoliga qatra-qatra yosh tomar edi. — A. Qahhor — Ac-pop bobo.
- Azim tajang bir qadam oldinga tashladi. Koʻzlaridan qon tomardi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Ogʻzidan (yoki labidan, tilidan) bol (yoki asal) tomadi Nihoyatda shirin soʻz, xushmuomala.
- Kat-tadan-kichikka ogʻzidan bol tomib muomala qshyudigan xola negadir men bilan mwi uchida soʻrashib qoʻya qoldi. — T. Alimov — Dashshoʻ.
- Lablaringizdan bol tomadi, yonib turgan olovsiz. K. Yashin, Hamza. Yuzidan qon tomadi q. qon. [
- Qishlogimiz] Odamlari shunaqangi xushbichimki, bir qarashdayoq suqingiz kira-di. Yuzlaridan qon tomadi. — E. Raimov — Ajab qishloq. Qamchisidan qon tomadi Oʻta zolim, qahri qattiq.
- Qiz avval qoʻrqdi, otasi uning Sidiqjon bilan soʻzlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi: bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Source: Wiktionary
Views: 0