Explanatory dictionary
topish
топиш
Meanings
- Topmoq fe’l, harakat nomi
- Ishlab-kuchlab yoki boshqa biror yoʻl bilan daromad, pul olish, keltirish, ishlash; daromad.
Examples
- Savolga javob topish. Ish topish. Sonlarning umumiy boʻluvchisini topish. yash Qolgan xizmatlaringizning bittasi endi menga er topish edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hayot Saltonbuning soʻzlaridan tasalli topishga ulgurmay, Maston kampir uning oʻtini lovullatdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Uning topishi yaxshi. Kampir darchadan [ Sidiqjonga] roʻpara boʻldi: -Shundoq degan boʻlsam, ajab qilibman, xoʻp qilibman! — dedi ikki qoʻlini soniga urib, —
- uyni uy qilgan erning topishiyu xotinning koʻrpa ishi! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Kunlik topishi yaxshi boʻlib qoldi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Ishingizga sira tushunolmay turibman, Yigitali aka, topishingizning ham tayini yoʻq.. — S. Karomatov — Bir tomchi qon
Source: Wiktionary
Views: 0