Explanatory dictionary
tugal
тугал
Meanings
- Bitgan, chala yeri yoʻq, oxiriga, poyoniga yetkazilgan.
- Toʻla-toʻkis, bekam-koʻst; toʻliq, but.
- Toʻrt koʻz tugal; Hamma jam holda, birgalikda.
Examples
- Tugal ish. Tugal asar.
- Endi bilishimcha, biz oʻsha davrlarda oʻynagan narsalarimiz hali tugal boʻlmagan, ancha gʻoʻr asarlar edi. — H. Nosirova — Men oʻzbek qiziman.
- Elmurod birinchi kuni besh vaqt namozni tugal oʻqidi. Ikkinchi kuni uchtasini oʻqib, ikkitasini qazo qildi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ona, tugal yozishdan qalamim ojiz. — Gʻayratiy.
- Tugal fikr. Tugal jumla.
- Ikki pud bugʻdoy bilan besh pud sholi berib qutulmoqchi boʻlibdi. Janish boʻlsa, tugal berasan, deb turib olibdi. — H. Shame — Dushman.
- Domlangizni shundoq katta professor qilib, obroʻ, uy-joylarimiz tugal boʻlganda, shularni tashlab ketib qolamanmi, deb qoʻrqaman. — Mirmuhsin — Umid.
- [Choʻpon:] Qoʻy, mol ketsa ketsin, bosh sogʻ boʻlsa, toparmiz. Qoʻy, toʻrt koʻz tugal yoʻl olganimiz ancha gʻanimatdir. — Hamza — Maysaraning ishi.
- Vaqti bilan toʻrt kuz tugal boʻlamiz. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
Source: Wiktionary
Views: 0