Explanatory dictionary
turlanmoq
турланмоқ
Meanings
- Turlamoq 1, 2 fl. majh. n.
- Har xil tusda koʻrinmoq; qiyofasi tez-tez oʻzgarmoq.
- Turlamoq 3 fl. oʻzl. va majh. n.
Examples
- Doʻppining gullari juda yaxshi turlanib-di. yaya
- Sirlar bilan turlangan qoziqlarning biriga beva xotinning dekchasidek bir salla ilingan edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Ziyofat samimiyat bilan chaqirilganlikdan, dasturxon qadrli mehmonga maxsus turlangan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xilma-xil chechaklar bilan qop-langan dala turlanib koʻrinardi. shsh
- Tabiatning qonuni — turlanib, tuslanib turishi butun mavjudotga hayot bagʻishlaydi. — Gazetadan.
- U [Jannat] biron ikki soat uch bor turlandi: kiyimlari behisob ekanligini kimgadir koʻrsatmoqchi boʻlardi. — Mirmuhsin — Umid.
- Oʻqimagan odamga qiyin boʻladi. Axir artist ming turlanadi-ya. — S. Karomatov — Hijron.
- Otlar kelishiklar bilan turlanadi. yaya
- Ot oʻrnida qoʻllangan sifatlar koʻplik, egalik va kelishik qoʻshimchalari bilan, xuddi otlardek, turlana beradi. — "Oʻzbek tili" darsligi.
Source: Wiktionary
Views: 0