Explanatory dictionary
turmoq
турмоқ
Meanings
- Oyoq uzra tik vaziyatda boʻlmoq.
- Biror joy-makon, vaqt, holatda mavjud boʻlmoq.
- Biror joy-makonda istiqomat qilmoq, hayot kechirmoq; yashamoq.
- Umr koʻrmoq, yashamoq; yashab ketmoq.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan joy, soha, vazifa va shu kabilarda ishlash, shunday ish-vazifani bajarish maʼnosini bildiradi.
- Kutgan holda boʻlmoq, boʻlishi, yuz berishi, kelishi umidida boʻlmoq, shu maqsadda oʻzini tutmoq.
- Ishlatilmay, sarflanmay, buzilmay, oʻz mavjud holatida boʻlmoq; saqlanmoq.
- Navbatda, qatorda mavjud boʻlmoq; bor boʻlmoq.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan daraja, mavqe, qiymat va shu kabilarga egalikni bildiradi.
- Yotgan, oʻtirgan holatdan gavdasini tik holatga olmoq, qaddini tiklamoq.
- Uygʻonib, oʻrnidan qoʻzgʻalmoq, oʻrnini tark etmoq.
- Harakatga kelmoq, qoʻzgʻalmoq, koʻtarilmoq (shamol, chang-toʻzon va shu kabilar haqida).
- Ravishdoshning -(i)b, -a/-y qoʻshimchali shakllari bilan qoʻllanib, yetakchi feʼl bildirgan harakatning davomliligi, vaqtinchalik harakat ekani maʼnolarni bildiradi.
Examples
- Oyoq uchida turmoq.
- Saf tortib turmoq.
- Koʻcha boshida turgan yigit.
- Tiz choʻkib yashagandan tik turib oʻlgan yaxshiroq. — Maqol
- [Yoʻlchi] Qoʻl qovushtirmadi, qandaydir xomushlik, beparvolik bilan jimgina turdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Kirsam, Qoʻqonga ketgan Qayum ponsad uch-toʻrt yigiti bilan qushbegining qarshisida turibdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Tokchada turgan soat.
- Koʻcha chetida turgan mashina.
- Madrasa tomi qirrasida turib, pastdan paqirda arqon bilan suv tortib olayotgan yigit.. gʻisht tarashlab oʻtirgan keksa odamga oʻzga tilda bir nima dedi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Oʻq otish nuqtalarida qorovul pulemyotchilar turibdi.. — T. Rustamov — Mangu jasorat
- Bir hafta turgan boʻlsak, har kuni oltmish xonadondan dasturxon chiqadi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
- Biz katta ishlar, ulugʻ oʻzgarishlar arafasida turibmiz. — Sharof Rashidov — Yangi yer haqida soʻz
- Askarlarimiz dadil turib, dushmanga talafot yetkazar edilar. — Gazetadan
- Bizning gapimizni ikki qilmaysiz, nima xizmat boʻlsa, belni bogʻlab shay turasiz. — E. Raimov — Ajab qishloq
- Inson qalbida ulugʻ va savobli ishlarni qilish istagi bormi, u tek turolmaydi. — Gazetadan
- Mullajon amakim bozorga shunday yaqin Gulzorobod mahallasida turadilar. — E. Raimov — Ajab qishloq
- ..sakson uchga kirgan amakimiz borlar. Shaharda turadilar. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi
- Vaqqos otaning bu yil qishloqda ishi koʻp boʻlgani uchun Omil ham Nodirlarnikida turadigan boʻldi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina
- Dunyo turguncha turing.
- Shu ayol bilan ikki yil turdi.
- Toʻngʻich farzandi turmadi.
- [Qumri] Bolasi turmay-turmay, yakka-yolgʻiz arzandasi Tursunboyni, shamolni ham ravo koʻrmay, avaylab boqib katta qildi. — Said Ahmad
- Mudofaada turmoq.
- Qorovul turmoq.
- Tishdan qaraganda eski, koʻrimsiz, lekin katta, sermol doʻkonda Mirzakarimboy bilan Salimboyvachcha turar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bir oz turaylik-chi, zora kelib qolsa.
- Shuncha turdik, yana sabr qilaylik-chi, ishimiz yurishib qolar.
- Yuborgan narsalaring hammasi turibdi.
- Qirqma qovun koʻp turadi.
- Kartoshka, sabzi kabi mahsulotlar maxsus oʻralarda yaxshi turadi.
- Chorvadorlarimiz oldida juda muhim vazifalar turibdi. — Gazetadan
- Bugungi kunda insoniyat oldida nihoyat muhim muammo turibdi, u ham boʻlsa, Yer yuzida tinchlikni saqlab qolish. — Gazetadan
- Sizlarning oldingizda dehqonchiliklaringizni yoʻlga qoʻyib yuborish vazifasi turadi. — Ziyo Said, Nazir Safarov — Tarix tilga kirdi
- [Yormat] Hammasini tushuntirdi: ot, arava besh ming soʻm turadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bizning jamiyatimizda inson nurdek pokiza, nondek aziz, u har qanday boylikdan yuqori turadi. — Gazetadan
- U vannada qancha yotgani bilan dili ravshan tortmasligini bilib, oʻrnidan turdi. — M. Xayrullayev — Tilla marjon
- Shiyponda oʻtirgan Nodir bobosini koʻrib, shoshib oʻrnidan turdi-yu, koʻngli buzilib, salom berishniyam unutdi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina
- Meʼmor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Ertalab bulbullarning xonishidan barvaqt turib, uzumzor, paxtazorlarni aylandik. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi
- Keyin dovul turdi.. Moʻytanlar qocha boshladi. — Asqad Muxtor — Qoraqalpoq qissasi
- Shamol turdi, chinor yaproqlarining soyasi titray boshladi. — Gazetadan
- Qatnab turmoq.
- Soʻrab turmoq.
- Baqrayib turmoq.
- Ishlab turmoq.
- Eshik ochiq boʻlgani uchun ichkaridan futbol kommentatorining uzuq-yuluq ovozi eshitilib turardi. — F. Musajonov — Nozik masala
- Sartaroshlik yomon kasb emas. Oppoq xalatlarni kiyib, atir-upalar hidi burqirab turgan ozoda xonada oʻtirasan. — E. Raimov — Ajab qishloqBir oz turib - bir ozdan soʻng, birpas oʻtib.
- -Oʻqimasang, oʻqimassan. -Keyin bir oz turib soʻradilar: -Haydavordimi ? — E. Raimov — Ajab qishloqBorib turgan - bormoq.Kurakda turmaydigan - kurak.Oyoqqa turmoq - 1) oyoqqa tayangan holda turmoq, qoʻzgʻalib tik turmoq.
- U nutqini.. tugatganda, butun zal oyoqqa turib, gulduros qarsak chaldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari 2) sogʻayib qaddini rostlamoq, turadigan-yuradigan boʻlmoq.
- Xurramov shifo joylarida uzoq davolanib, oxiri oyoqqa turdi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydiTurgan gap - biror ish, voqea-hodisaning soʻzsiz yuz berishi-bermasligini, aniqligini qayd etadi.
- Masʼul lavozimdagi xodim yetti oʻlchab, bir kesmasa, uning xatosi qimmatga tushishi turgan gap. — GazetadanTurib olmoq - biror talab, daʼvo va shu kabilardan qaytmaslik, faqat oʻshani qimoya qilmoq.
- Bormayman, deb turib oldi.
- Men [oʻqimayman deb] soʻzimda turib oldim. — E. Raimov — Ajab qishloqU yoqda tursin - faqat ugina (unigina) emas, hatto..
- Koʻrqoq odam jangda oʻzini yoʻqotib qoʻyishi ayon, hujum u yoqda tursin, oʻzini himoya qilishni ham unutadi. — T. Rustamov — Mangu jasorat
- Meʼmor.. hozir tunda Ark tomon borish u yoqda tursin, shahar koʻchalarida yurish ham mushkul ekanini tushundi. — Mirmuhsin — MeʼmorQarab turmoq (yoki oʻtirmoq) - 1) sinchiklab qaramoq, razm solmoq, tikilmoq.
- - Qiziq! - dedi hokim cholga qarab turib. Uning soʻzi ohangida masxaralash ham bor edi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha 2) biror kimsa yoki narsaga koʻz-quloq boʻlib turmoq yoki parvarish qilmoq.
- Men bolaga qarab turdim, onasi non yopdi.
- Saroyda birmuncha mollarimiz boʻlar edi. [Hasanali] Saroyda mollarga qarab turadir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar 3) (asosan boʻlishsiz shaklda) ish-mashgʻulotsiz holda boʻlmaslik, biror narsa qilmay, jim holatda boʻlmaslik.
- Siz uy solsangiz, men ham qarab turmayman.
- [Yoʻlchi:] Men qarab turmadim: poda boqdim, oʻroqchilik qildim, otboqar boʻldim. — Oybek — Tanlangan asarlar
- [Boy:] Bittasi manmi? Bittasi Shoyunus karvonmi? Har kimning karmoni oʻziga maʼlum. Ammo bizlar qarab turmaymiz, qoʻldan kelgancha, hukumatga yordam beramiz. — Oybek — Tanlangan asarlarQil ustida turmoq - jiddiy xavf ostida boʻlmoq, halokat yoqasida boʻlmoq.
- Uning hayoti qshg ustida turardi. — O. Yoqubov — Diyonat
Source: Wiktionary
Views: 0